News

not found

Eng kamyob kasalliklar

Morgellon kasalligi Bu kasallikni 2002 yilda amerikalik shifokorlar rasman qayd etdilar. Kasallik kechishining oʼziga xos xususiyati shundaki, bemor oʼz terisi ostida yuzlab hasharotlar, chuvalchanglar va turli qurtlar yurgandek his qiladi hamda buning sababini sira tushuntira olmaydi. Dastlab shifokorlar bu holatga psixik muammo sifatida qaraganlar, ammo bemorlar terisidagi qichishish, shishlar, qizarishlar va mushaklarning uzluksiz qisqarishi kuzatilganidan keyin yanada koʼproq oʼrganishga majbur boʼlganlar. 2012 yilga kelibgina bu belgilar ruhiy kasallik belgilari ekanligi boʼyicha uzil-kesil xulosaga kelindi. Xatchinson kasalligi (progeriya) Progeriya yoki Xatchinson kasalligi — kamyob kasalliklar orasida eng mashhuri. Tugʼma genetik anomaliya tufayli bu kasallikka chalingan insonlar meʼyordagiga nisbatan 8 barobargacha koʼproq tezlikda qariy boshlaydilar. Аmmo eʼtiborli jihati, tana har qancha keksaymasin, aql bolalikdagicha qoladi. Аksariyat hollarda bunday bolalar 12-13 yoshgacha nobud boʼladilar. Biroq Yaponiyada bu kasallikka chalingani holda 45 yoshgacha yashagan inson ham bor. Dunyo boʼyicha 80taga yaqin qayd etilgan bu kasallik oʼgʼil bolalarda qizlarga nisbatan ikki barobar koʼp uchraydi. Bunday bemor Oʼzbekistonda, Аndijon tumanida ham bor. Baliq hidi sindromi Bu kasallik nisbatan koʼp uchraydi, balki mana shu satrlarni oʼqiyotgan mushtariylar orasida ham kimdir badanidan baliq hidi anqib turadigan odamni uchratgan ham chiqar. Sindrom ham holatni aynan ifodalagan holda nomlangan – baliq hidi sindromi (fan tilida — trimetilaminuriya). Bu genetik patologiyaning oʼziga xos jihatida jigar trimetilaminlarni qayta ishlay olmay qoladi. Bu modda oʼtkir va yoqimsiz hidi bilan ajralib turadi. Natijada butun tanadan badboʼy taralib turadi. Bu kasallikning ham samarali davosi topilmagan. Ogʼriqni sezmaslik Bir qarashda muammo emasdek tuyiladigan bu sindrom ham inson uchun juda xavflidir. Bu, ayniqsa, bolalarda ogʼir kechadi. Suyaklari sinar darajada yiqilgan bolalar ham bu kasallik tufayli jilmayib turaverganlari qayd etilgan. Dunyo boʼyicha bir necha yuz shunday insonlar mavjud. Odatda yosh ulgʼaygani sari ogʼriq paydo boʼladi va katta yoshlilarda deyarli uchramaydi. Kuru kasalligi Yangi Gvineyadagi fore qabilasida koʼp uchrovchi bu kasallik juda ogʼir va shiddatli kechadi. Uning davosi topilmagan. Bemor dastlab juda kuchli bosh ogʼrigʼidan aziyat chekadi, keyin immunitet keskin tushib ketadi, eng ogʼir belgisi sifatida asab hujayralarining yemirilishi kuzatiladi va buning asorati sifatida oyoq-qoʼllar insonga boʼysunmay qoladi. Bemor odatda bir yil ichida kuchli ogʼriqlardan azoblanib, yurak va oʼpka yetishmovchiligidan vafot etadi. Patologik uyqusizlik Uyqusizlik tufayli oʼlim topish mumkinligini tasavvur qilish qiyin. Аmmo kamyob kasallik sifatida qayd etiluvchi patologik uyqusizlik koʼp hollarda oʼlimga olib keladi. Oʼtgan asrning yetmishinchi yillaridan boshlab oʼrganila boshlangan bu kasallik sababchisi 20-xromosomadagi mutagen jarayonlar ekanligi aniqlangan. Kasallik yarim yildan bir necha yilgacha davom etishi mumkin. Bir necha oʼn kishida qayd qilingan bu kasallikka chalinganlar odatda organizmning haddan ziyod toliqishidan vafot etadilar.

  • 17 May, 14:00
  • Read more
not found

Onlaynmi yoki oflayn: dori-darmonlarni qanday tartibda xarid qilishni afzal koʼrasiz?

IQVIA xalqaro tahliliy kompaniyasi tomonidan oʼtkazilgan tadqiqot davomida qozogʼistonlik bemorlarning dori vositalari, tibbiy buyumlar, BFQ va boshqa sogʼliqni saqlash mahsulotlarini onlayn va oflayn xarid qilishdagi xatti-harakatlarining oʼziga xos xususiyatlari oʼrganildi. Tadqiqot doirasida Qozogʼistonning 16 shahridan 300 nafar respondent bilan onlayn suhbat oʼtkazildi. Suhbat 2023 yil mart oyida bir nechta ochiq savollardan iborat tuzilgan soʼrovnoma yordamida oʼtkazildi. Oxirgi 6 oy davomida onlayn va oflayn segmentlarda xarid qilish tajribasi oʼrganildi. Dori vositalari va tibbiy buyumlarni xarid qilishda foydalaniladigan onlayn platformalar, dorixona tarmoqlari baholandi. Tadqiqot natijalariga koʼra, respondentlarning qariyb yarmi - 49 foizi dori vositalari va tibbiy buyumlarni oddiy dorixonalar va internet saytlaridan xarid qilishgan, 1/3 qismidan koʼprogʼi esa faqat dorixonalardan xarid qilgan. Respondentlarning atigi 13 foizi barcha farmatsevtika mahsulotlarini internet orqali xarid qiladi. Asosan, bu yondashuv 25-34 yoshdagi respondentlar tomonidan qoʼllaniladi. Oddiy dorixonalardan respondentlarning katta qismi dori-darmonlarni (80%), gigiena va ogʼiz boʼshligʼini parvarish qilish vositalarini (67%) va tibbiy mahsulotlarni (45%) sotib oladi. Oflayn xaridlarda eng katta talab gripp va shamollashni davolovchi dori vositalar, tish pastalari, antibiotiklar, mikroblarga qarshi vositalarga qaratilgan. Internetda respondentlar koʼpincha kosmetika, vitaminlar, bioqoʼshimchalar, gomeopatiya, gigiena va ogʼiz boʼshligʼini parvarish qilish vositalarini sotib olishadi. Shunday qilib, tadqiqot shuni koʼrsatadiki, Qozogʼistonda onlayn savdo kanali rivojlanmoqda, ammo isteʼmolchilar hali ham dori vositalarini dorixonalardan sotib olishni afzal koʼrishadi.

  • 17 May, 11:07
  • Read more
not found

Talaba boʼlish istagida boʼlgan xotin-qizlar shoshiling: Oila va xotin-qizlar qoʼmitasidan tavsiyanoma olish uchun arizalar qabuli boshlandi

Hukumat qaroriga muvofiq mutaxassisligi boʼyicha kamida 5 yil mehnat staji mavjud, biroq oliy maʼlumotga ega boʼlmagan xotin-qizlar davlat oliy taʼlim muassasalariga alohida qabul parametrlari (jami 500 ta kvota) doirasida toʼlov-kontrakt asosida oʼqishga qabul qilinishi belgilangan. Ushbu imtiyozdan foydalanmoqchi boʼlgan xotin-qizlar Oila va xotin-qizlar qoʼmitasining tavsiyanomasiga ega boʼlishlari lozim. Tavsiyanoma olish uchun talabgorlar quyidagi mezonlarning barchasiga muvofiq kelishi kerak: ➖ oʼrta maxsus yoki professional taʼlim boʼyicha mutaxassislikka ega boʼlishi; ➖ tavsiyanoma olgunga qadar oliy taʼlim olmaganligi yoki olmayotganligi; ➖oʼrta maxsus yoki professional taʼlim mutaxassisligi boʼyicha kamida besh yillik mehnat stajiga ega boʼlishi. Talabgorlar joriy yilning 1 iyuniga qadar (shu kuni ham) ariza bilan doimiy yashash yoki vaqtincha roʼyxatda turgan joyidagi tuman (shahar) Ishchi guruhlariga murojaat etadilar va quyidagi hujjatlarni taqdim etadilar: ➖ fuqarolik pasporti yoki ID karta nusxasi;➖ mehnat daftarchasi (elektron mehnat daftarchasi)dan koʼchirma;➖ oʼrta-maxsus yoki professional taʼlim boʼyicha diplom. Talabgorlar tomonidan taqdim etilgan ariza va hujjatlar tuman (shahar) Ishchi guruhlari tomonidan oʼrnatilgan tartibda 1-7 iyun kunlari koʼrib chiqiladi va tavsiyanoma berish yoki tavsiyanoma berishni rad etish toʼgʼrisida xulosa qabul qilinadi. 2022/2023 oʼquv yilida tavsiyanoma olgan, biroq oliy taʼlim muassasalarida talabalikka tavsiya etilmagan xotin-qizlarning tavsiyanomalari 2023-2024 yillar uchun ham amal qiladi.

  • 17 May, 09:01
  • Read more
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech