News

not found

Onlaynmi yoki oflayn: dori-darmonlarni qanday tartibda xarid qilishni afzal koʼrasiz?

IQVIA xalqaro tahliliy kompaniyasi tomonidan oʼtkazilgan tadqiqot davomida qozogʼistonlik bemorlarning dori vositalari, tibbiy buyumlar, BFQ va boshqa sogʼliqni saqlash mahsulotlarini onlayn va oflayn xarid qilishdagi xatti-harakatlarining oʼziga xos xususiyatlari oʼrganildi. Tadqiqot doirasida Qozogʼistonning 16 shahridan 300 nafar respondent bilan onlayn suhbat oʼtkazildi. Suhbat 2023 yil mart oyida bir nechta ochiq savollardan iborat tuzilgan soʼrovnoma yordamida oʼtkazildi. Oxirgi 6 oy davomida onlayn va oflayn segmentlarda xarid qilish tajribasi oʼrganildi. Dori vositalari va tibbiy buyumlarni xarid qilishda foydalaniladigan onlayn platformalar, dorixona tarmoqlari baholandi. Tadqiqot natijalariga koʼra, respondentlarning qariyb yarmi - 49 foizi dori vositalari va tibbiy buyumlarni oddiy dorixonalar va internet saytlaridan xarid qilishgan, 1/3 qismidan koʼprogʼi esa faqat dorixonalardan xarid qilgan. Respondentlarning atigi 13 foizi barcha farmatsevtika mahsulotlarini internet orqali xarid qiladi. Asosan, bu yondashuv 25-34 yoshdagi respondentlar tomonidan qoʼllaniladi. Oddiy dorixonalardan respondentlarning katta qismi dori-darmonlarni (80%), gigiena va ogʼiz boʼshligʼini parvarish qilish vositalarini (67%) va tibbiy mahsulotlarni (45%) sotib oladi. Oflayn xaridlarda eng katta talab gripp va shamollashni davolovchi dori vositalar, tish pastalari, antibiotiklar, mikroblarga qarshi vositalarga qaratilgan. Internetda respondentlar koʼpincha kosmetika, vitaminlar, bioqoʼshimchalar, gomeopatiya, gigiena va ogʼiz boʼshligʼini parvarish qilish vositalarini sotib olishadi. Shunday qilib, tadqiqot shuni koʼrsatadiki, Qozogʼistonda onlayn savdo kanali rivojlanmoqda, ammo isteʼmolchilar hali ham dori vositalarini dorixonalardan sotib olishni afzal koʼrishadi.

  • 17 May, 11:07
  • Read more
not found

Talaba boʼlish istagida boʼlgan xotin-qizlar shoshiling: Oila va xotin-qizlar qoʼmitasidan tavsiyanoma olish uchun arizalar qabuli boshlandi

Hukumat qaroriga muvofiq mutaxassisligi boʼyicha kamida 5 yil mehnat staji mavjud, biroq oliy maʼlumotga ega boʼlmagan xotin-qizlar davlat oliy taʼlim muassasalariga alohida qabul parametrlari (jami 500 ta kvota) doirasida toʼlov-kontrakt asosida oʼqishga qabul qilinishi belgilangan. Ushbu imtiyozdan foydalanmoqchi boʼlgan xotin-qizlar Oila va xotin-qizlar qoʼmitasining tavsiyanomasiga ega boʼlishlari lozim. Tavsiyanoma olish uchun talabgorlar quyidagi mezonlarning barchasiga muvofiq kelishi kerak: ➖ oʼrta maxsus yoki professional taʼlim boʼyicha mutaxassislikka ega boʼlishi; ➖ tavsiyanoma olgunga qadar oliy taʼlim olmaganligi yoki olmayotganligi; ➖oʼrta maxsus yoki professional taʼlim mutaxassisligi boʼyicha kamida besh yillik mehnat stajiga ega boʼlishi. Talabgorlar joriy yilning 1 iyuniga qadar (shu kuni ham) ariza bilan doimiy yashash yoki vaqtincha roʼyxatda turgan joyidagi tuman (shahar) Ishchi guruhlariga murojaat etadilar va quyidagi hujjatlarni taqdim etadilar: ➖ fuqarolik pasporti yoki ID karta nusxasi;➖ mehnat daftarchasi (elektron mehnat daftarchasi)dan koʼchirma;➖ oʼrta-maxsus yoki professional taʼlim boʼyicha diplom. Talabgorlar tomonidan taqdim etilgan ariza va hujjatlar tuman (shahar) Ishchi guruhlari tomonidan oʼrnatilgan tartibda 1-7 iyun kunlari koʼrib chiqiladi va tavsiyanoma berish yoki tavsiyanoma berishni rad etish toʼgʼrisida xulosa qabul qilinadi. 2022/2023 oʼquv yilida tavsiyanoma olgan, biroq oliy taʼlim muassasalarida talabalikka tavsiya etilmagan xotin-qizlarning tavsiyanomalari 2023-2024 yillar uchun ham amal qiladi.

  • 17 May, 09:01
  • Read more
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech