Yangiliklar

not found

Farmatsevtlar uchun oʻquv-trening tashkil etildi: Yagona maqsad – sogʻlom hayot

Farmatsevtika sohasidagi dunyodagi yetakchi kompaniyalardan biri sanalgan "Bayer Global" vakillari kuni kecha “Dori-Darmon” aksiyadorlik kompaniyasi farmatsevtlari uchun maxsus oʻquv-trening tashkil etdi. Tadbirning asosiy maqsadi - dorixona xodimlarini zamonaviy dori vositalari haqida yangiliklar bilan tanishtirish va ularning kasbiy bilimlarini mustahkamlashdan iborat boʻldi. Ushbu oʻquv-trening davomida Bayer kompaniyasining menejer-mutaxassislari tomonidan maʼruzalar slayd koʻrinishida, ilmiy faktlar asosida taqdim etildi. Asosiy eʼtibor kompaniya tomonidan ishlab chiqarilgan Oʻzbekiston bazorida taab yuqori boʻlgan retseptsiz beriladigan dori vositalariga qaratildi. Xususan: Berantin mazi – bolalar va kattalarda teri muammolarini bartaraf etish, terini namlantirish va tiklash uchun ishlatiladi. Elevit Pronatal – homiladorlikka tayyorgarlik koʻrayotgan, homilador va emizikli ayollar uchun moʻljallangan vitamin-mineral majmuasi. U nutritiv tanqisliklarni bartaraf etish, homilaning sogʻlom rivojlanishi va ayol salomatligini qoʻllab-quvvatlashda muhim rol oʻynaydi. Claritin (Klaritin) – zamonaviy antigistamin vosita boʻlib, allergik rinit, koʻz yosh oqishi, teridagi dogʻlar va quruqlik kabi allergik simptomlarni yengillashtiradi. Uyqu keltirmaydi va uzoq taʼsirga ega. Aspirin C – shamollash va yuqori harorat holatlarida foydalaniladigan klassik vosita boʻlib, tarkibida askorbin kislotasi (vitamin C) ham mavjud. Kalsemin – kalsiy, D3 vitamini, magniy va sink kabi muhim minerallarni oʻz ichiga olgan vitamin-kompleks boʻlib, suyaklar va boʻgʻimlar salomatligini saqlashda muhim ahamiyatga ega. Trening jarayonida mutaxasislar bu dori vositalarining qoʻllanilishi, taʼsir etuvchi asosiy moddasi,  organizga taʼsir jarayoni, bolalar va kattalar uchun moʻljallangan dozalari, nojoʻya taʼsirlari va aholiga tavsiya etish tartibi haqida maʼlumotlar berib oʻtdi. Xususan, Elevit Pronatal nafaqat xomilador ayollar uchun, balki har bir ayol salomatligi uchun muhim boʻlib, organizmga zarur boʻlgan meneral va vitaminlarni yetkazib berishi qayd etildi. Oʻquv –tering soʻngida ishtirokchilar oʻrtasida savol-javob shaklida mini-test oʻtkazildi. Unda ishtirokchilar olgan bilimlarini namoyon qilish imkoniga ega boʻlishdi. Ushbu tadbir nafaqat bilim almashish, balki amaliyotchi farmatsevtlar bilan ishlab chiqaruvchi kompaniyalar oʻrtasida samarali muloqot maydoni sifatida xizmat qildi. Ishtirokchilar zamonaviy dori vositalari haqida keng maʼlumotga ega boʻlishdi, bu esa oʻz navbatida aholiga yanada sifatli xizmat koʻrsatish imkoniyatini oshiradi. Maʼlumot uchun, Bayer Global– Germaniyaning 160-yillik tarixga ega yirik kompaniyasi boʻlib, dunyo miqyosida sogʻliqni saqlash, farmatsevtika va qishloq xoʻjaligi sohalarida innovatsion yechimlar taklif etadi. Kompaniya farmatsevtika yoʻnalishida saraton, yurak-qon tomir, ginekologiya va gemofiliya kabi jiddiy kasalliklarni davolash uchun retseptura dori vositalari, shuningdek  kyeng omma uchun moʻljallangan retseptsiz dori vositalari, teri parvarishi va ogʻriq qoldiruvchi vositalar, vitamin va oziq-ovqat qoʻshimchalari ishlab chiqaradi. "Dori-Darmon" va "Bayer Global" kompaniyalari oʻrtasidagi uzoq yillik hamkorlik aholi sogʻligini saqlash va ular uchun zarur va sifatli dori vositalari bilan taʼminlashda muhim ahamiyatga ega. Bunday tadbirlar kelgusida ham davom ettirilishi reja qilingan.

  • 10 Oktyabr, 11:30
  • Batafsil
not found

Hindistonda yo‘tal dorisidan bolalar vafot etdi

Hindistonning Madxya-Pradesh shtatida yo‘tal siropi qabul qilgan 14 nafar bola vafot etdi. Bu haqda “Reuters” xabar berdi. Nashrga ko‘ra, bu holat dori ishlab chiqarish jarayonida sifat nazorati standartlariga rioya qilinmasligidan vujudga kelgan.  Holat bo‘yicha ishlab chiqaruvchi kompaniyaga jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Ish Hindistonning Srisan Pharmaceuticals farmatsevtika kompaniyasiga nisbatan ochilgan. Kompaniyaning Coldrif nomli yo‘tal siropi tekshirilganda, unda asosiy erituvchi bo‘lgan propilenglikol o‘rniga ishlatiladigan zaharli modda – diatilen glikolning ortiqcha miqdori aniqlangan. Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi ma’lumotlariga ko‘ra, “Sresan Pharma” kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan “Coldrif” dori vositasi O‘zbekiston Respublikasida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilmagan. Hindiston sog‘liqni saqlash vazirligi yo‘tal siroplarini, ayniqsa, bolalarda ehtiyotkorlik bilan ishlatishga chaqirgan. Hozirda qoidalarni qat’iylashtirish, dori vositalari sifatini yaxshilash va ularning bolalarda qo‘llanishi bo‘yicha choralar ko‘rish masalasi muhokama qilinmoqda. Nashrning ta’kidlashicha, Hindiston ko‘p yillardan beri ifloslangan yo‘tal siroplari bilan bog‘liq muammo bilan kurashib kelmoqda. Bunday siroplar, ayniqsa, besh yoshgacha bo‘lgan bolalarda, buyraklarning jiddiy zararlanishiga va ko‘plab o‘lim holatlariga olib kelgan. So‘nggi 20 yil ichida bu borada ko‘plab holatlar qayd etilgan. Jumladan, 2022 yilda Gambiyada Hindistondan import qilingan yo‘tal siropi tufayli 60 dan ortiq bola halok bo‘lgan edi. Shuningdek, hindistonlik shifokor Tarachand Yogi bu sirop bolalar uchun xavfsizligini isbotlash maqsadida o‘zi ichishga qaror qilgan. Ammo bir necha soat o‘tib u hushsiz holda topilgan. Ayrim manbalarga ko‘ra, vafot etgan bolalarga dorini ushbu shifokor tavsiya qilgan. 

  • 8 Oktyabr, 09:00
  • Batafsil
not found

Toshkentda VI Yevroosiyo farmatsevtika sammiti boʻlib oʻtmoqda

2025-yil 7–9-oktyabr kunlari “Tashkent Pharma Park” innovatsion ilmiy-ishlab chiqarish farmatsevtika klasteri texnopark maydonida "Global Pharmaceutical Leadersʻ Club" hamkorligida tashkil etilgan 6-Yevroosiyo farmatsevtika sammiti - “Farmatsevtika: ijtimoiy kelishuv sifatida” mavzusidagi nufuzli xalqaro tadbir boʻlib oʻtmoqda.  Sammit farmatsevtika sohasidagi muhim yoʻnalishlar, innovatsiyalarni joriy etish, davlat va xususiy sektor hamkorligini rivojlantirish hamda aholining dori vositalariga boʻlgan ehtiyojini qondirish va soha barqarorligini taʼminlashning eng samarali usuli  masalalariga qaratilgan.  Yevroosiyo farmatsevtika sammiti - farmatsevtika bozoridagi strategik yechimlar ishlab chiqiladigan, inson salomatligi va jamiyat farovonligiga taʼsir etuvchi muhim platforma hisoblanadi. Unda nazariy hisoblar emas, balki amaliyotga asoslangan tajribalar, haqiqiy muammolar va ularning yechimlari muhokama qilinadi.  Bu yilgi tadbirda 11 ta mamlakatdan kelgan 300 dan ortiq yetakchi ekspertlar, jumladan regulyatorlar, dori vositalari ishlab chiqaruvchi va distribyutor kompaniyalar, dorixona tarmoqlari va ijtimoiy dasturlar sohasidagi mutaxassislar ishtirok etmoqda.  Sammitning asosiy mavzulari: ➡ Bemorni tizim markaziga qoʻyish: davlat tashabbuslari, mahalliy ishlab chiqaruvchilar va xalqaro hamkorlik asosida sifatli va arzon dori vositalarini taʼminlash; ➡ Raqamlashtirish va shaffoflik orqali farmatsevtika bozorida ishonchni mustahkamlash; ➡ Innovatsiyalarni ijtimoiy kapital sifatida qoʻllash va farmakonadzor tizimlarini takomillashtirish; ➡ “Farma 2030” strategik oʻyini doirasida farmatsevtika bozorining kelajak tendensiyalarini modellashtirish.

  • 7 Oktyabr, 15:30
  • Batafsil
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech