13:00 (27.10.2025)

63

Bolalarning ko‘zlarini gadjetlardan himoya qilish bo‘yicha gigiyena talablari e’lon qilindi

Sanoat va axborot texnologiyalari davrida bolalarning elektron qurilmalardan foydalanishi ortib borayotgani bois, ko‘z salomatligini saqlash alohida ahamiyat kasb etmoqda.

Sanepidqo‘mita bolalar va o‘smirlar uchun gadjetdan foydalanishda qator muhim talablarni belgiladi. Monitor va planshetlardan foydalanishda kamida 70 sm masofa saqlanishi shart, ish joylariga e’tibor qaratilgan tabiiy yorug‘lik ta’minlanishi lozim. Shuningdek, bolalarda muntazam ko‘z gimnastikasini bajarish odatini shakllantirish tavsiya etiladi, bu ko‘z charchog‘ini oldini olish va ko‘rish qobiliyatini mustahkamlashga xizmat qiladi.

Yoshga mos gadjetdan foydalanish muddatlari quyidagicha belgilangan:

  • 5 yoshgacha bolalar uchun elektron vositalardan foydalanish umuman taqiqlanadi;
  • 1–4 sinf o‘quvchilari dars vaqtida 10–20 daqiqa gadjetdan foydalanishi mumkin;
  • 5–11 sinf o‘quvchilari dars vaqtida 15–35 daqiqa mo‘ljallangan;
  • uy va maktabdagi umumiy foydalanish vaqti sinf darajasiga qarab 80–170 daqiqa oralig‘ida belgilanadi.

Shu orqali bolalarning ko‘z salomatligini himoya qilish, elektron qurilmalardan sog‘lom foydalanish odatini shakllantirish va ko‘z charchog‘i va ko‘rish qobiliyatiga ta’sir qiluvchi xavflarni kamaytirish maqsad qilingan.

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech