Bolalarning ommaviy oʼlimiga qadar “Dok-1 Maks” dorisining biror nojoʼya taʼsiri kuzatilganmi?
Soʼnggi voqealarga qadar “Dok-1 Maks” dori vositasining biror nojoʼya taʼsiri kuzatilganmidi? Ushbu savolga АOKАda boʼlib oʼtgan brifingda Farmatsevtika tarmogʼini rivojlantirish agentligi axborot xizmati rahbari Qizlarxon Begmatova javob berdi.
"“Dok-1 Maks” dori vositasi 2012 yildan beri Oʼzbekiston tibbiyot amaliyotida qoʼllanilib, jiddiy nojoʼya taʼsirlar berganligi haqida agentlik huzuridagi “Dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnika ekspertizasi va standartlashtirish davlat markazi”ga murojaat kelib tushmagan. Yaʼni, shu paytgacha taʼsir etuvchi moddalar va qoʼshimcha moddalarning organizmga salbiy taʼsiri aniqlanmagan.
“Dok-1 Maks” dori vositasining organizmga salbiy taʼsiri kuzatilgan seriyasining sertifikatlashtirish jarayonidagi tekshiruvlari natijalari ushbu dori vositasining normativ hujjatlar talablariga muvofiqligini koʼrsatgan.
Lekin, ming afsuski, dori vositasi tegishli seriyalarining organizmga salbiy taʼsiri kuzatilgan. Bu haqida signal kelib tushganidan keyin, dori vositasining barcha seriyalari laboratoriya tekshiruvlaridan oʼtkazildi. Bunda nafaqat taʼsir etuvchi moddalar, balki uning tarkibidagi qoʼshimcha moddalar ham oʼrganildi. Va natijada dori vositasi tarkibidagi qoʼshimcha moddalardan birining oʼzgarganligi aniqlandi", - deya izoh berdi matbuot kotibi.
- 30 December, 17:18
-
Read more