10:06 (09.01.2023)
2503
«Dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnika ekspertizasi va standartlashtirish Davlat markazi»ga 2022 yil davomida noqonuniy muomalada boʼlgan dori vositalari va tibbiy buyumlar boʼyicha Oʼzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi va Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti, uning hududiy boʼlinmalari, Davlat xavfsizlik xizmati, Ichki ishlar vazirligi, Soliq qoʼmitasi, Bojxona qoʼmitasi va uning hududiy boʼlinmalari tomonidan jami 1343 ta murojaatlar taqdim qilindi.
Ushbu murojaatlar asosida olib borilgan ekspertiza hulosasiga koʼra, 7731 turdagi 1 319 230 oʼram sifatsiz, kontrafakt, yaroqlilik muddati tugagan farmatsevtika mahsulotlari tibbiyot amaliyotida qoʼllash mumkin emasligi aniqlandi hamda laboratoriya tahlillari boʼyicha barcha maʼlumotlar tegishli organlarga taqdim qilindi.
Eslatib oʼtamiz, «Dori vositalari va farmatsevtika faoliyati toʼgʼrisida»gi qonunga muvofiq cifatsiz, qalbakilashtirilgan, Oʼzbekiston Respublikasida roʼyxatdan oʼtkazilmagan dori vositalarini va tibbiy buyumlarni, shuningdek Oʼzbekiston Respublikasida roʼyxatdan oʼtkazilgan dori vositalarining gʼayriqonuniy nusxalarini xarid qilish, chakana realizatsiya qilish va ulardan foydalanish taqiqlanadi!