Yangiliklar

not found

Turkiy davlatlar tashkilotiga a’zo mamlakatlar sog‘liqni saqlash vazirlari Qo‘shma deklaratsiyani imzoladi

Qozog‘istonning Ostona shahrida Turkiy davlatlar tashkiloti (TDT)ga a’zo mamlakatlar sog‘liqni saqlash vazirlarining beshinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston, Qozog‘iston, Ozarbayjon, Qirg‘iziston va Turkiya sog‘liqni saqlash vazirlari — Asilbek Xudayarov, Akmaral Alnazarova, Teymur Musayev, Erkin Checheybayev, Kemal Memisog‘lu, shuningdek, Turkiy davlatlar tashkiloti Bosh kotibi Kubanichbek O‘muraliyev ishtirok etdi. JSSTning Yevropa mintaqaviy byurosi direktori Xans Klyuge mehmon sifatida taklif qilindi. Tadbirda TDTga a’zo davlatlarda sog‘liqni saqlash tizimini takomillashtirish, tibbiyot va farmatsevtika sohalarida hamkorlikni yanada rivojlantirish, Turkiy davlatlar tashkilotida ushbu yo‘nalishdagi xalqaro tuzilmalarning roli kabi masalalar atroflicha muhokama qilindi. Uchrashuv yakunlari bo‘yicha vazirlar Qo‘shma deklaratsiyani imzoladi. Unga ko‘ra, raqamli sog‘liqni saqlashning muhim roli e’tirof etilib, TDTga a’zo davlatlar va kuzatuvchi mamlakatlarda raqamli tibbiyot yechimlari, jumladan, elektron retseptlardan samarali foydalanish bo‘yicha kelishuvga erishildi. Hujjatda TDTga a’zo davlatlar va kuzatuvchilar uchun yagona tibbiy ilmiy makon yaratish, qo‘shma tadqiqotlar o‘tkazish, bu yo‘nalishdagi ta’limning yagona standartlarini belgilash va uzluksizligini ta’minlash, sohada axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini jadal qo‘llash, elektron sog‘liqni saqlashning yagona tartibini ishlab chiqish orqali bemorlar ma’lumotlarini transchegaraviy almashish taklif etilgan.

  • 9 Aprel, 08:50
  • Batafsil
not found

“Navoiy Dori-Darmon” AJga qarashli 34 ta dorixonada  reimbursatsiya dasturi asosida faoliyat ko‘rsatmoqda

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 5-sentyabrdagi “Davlat tibbiy sug‘urta mexanizmlarini joriy etishga oid chora tadbirlar to‘g‘risida” gi Qaroriga ko‘ra, 2025-yil  Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Navoiy, Samarqand, Buxoro, Xorazm, Qashqadaryo viloyatlarida davlat tibbiy sug‘urta mexanizmlarini joriy etish belgilangan hamda 2026-yil yakuniga qadar barcha hududlarda yo‘lga qo‘yilishi belgilangan. Qaror talablaridan kelib chiqqan holda “Navoiy Dori-Darmon” aksiyadorlik jamiyatiga qarashli 34 ta dorixonada  reimbursatsiya dasturiga o‘rnatildi.   Ta’kidlash kerakki, Davlat tibbiy sug‘urtasi jamg‘armasi bilan shartnoma qilgan dorixonalar mazkur dastur asosida faoliyat ko‘rsatishi mumkin:    1. Navoiy shahar ko‘p tarmoqli markaziy poliklinika hududidagi  117-son dorixona shaxobcha 2. Navoiy shahar 1 – sonli oilaviy poliklinika hududidagi  1-son dorixona 3. Navoiy shahar 4 – sonli oilaviy poliklinika hududidagi  114-son dorixona shaxobcha 4. G‘ozg‘on shahar ko‘p tarmoqli markaziy poliklinika hududidagi  59-son dorixona shaxobcha 5. Konimex tuman 6-sonli oilaviy poliklinika hududidagi 35-son dorixona shaxobcha 6. Konimex tuman "Sho‘rtepa" oilaviy shifokorlik punkti hududidagi 4-son dorixona 7. Konimex tuman "Yangi g‘ozg‘on" oilaviy shifokorlik punkti hududidagi 55- dorixona shaxobcha 8. Konimex tuman "Sarjal" oilaviy shifokorlik punkti hududidagi 38-son dorixona shaxobcha 9. Konimex tuman "Uch tepa" oilaviy shifokorlik punkti hududidagi 13-son dorixona shaxobcha 10. Karmana tuman 1 – sonli  oilaviy poliklinika hududidagi 28-son dorixona shaxobcha 11. Karmana tuman 2 – sonli  oilaviy poliklinika hududidagi 57-son dorixona shaxobcha 12. Karmana tuman 4 – sonli  oilaviy poliklinika hududidagi 105-son dorixona shaxobcha 13. Karmana tuman 5 – sonli  oilaviy poliklinika hududidagi 106-son dorixona shaxobcha 14. Qiziltepa tuman 26 – sonli  oilaviy poliklinika hududidagi 82-son dorixona shaxobcha 15. Qiziltepa tuman ko‘p tarmoqli markaziy poliklinika hududidagi 9-son dorixona 16. Qiziltepa tuman "Olmazor"  oilaviy shifokorlik punkti hududidagi 81-sonli dorixona shaxobcha 17. Navbahor tuman ko‘p tarmoqli markaziy poliklinika hududidagi 70-son dorixona shaxobcha 18. Navbahor tuman "Qorajon" oilaviy shifokorlik punkti hududidagi 73-son dorixona shaxobcha 19. Nurota tuman ko‘p tarmoqli markaziy poliklinika hududidagi 7-son dorixona 20. Nurota tuman 14 – sonli  oilaviy poliklinika hududidagi 10-son dorixona shaxobcha 21. Nurota tuman 15 – sonli  oilaviy poliklinika hududidagi 5-son dorixona shaxobcha 22. Nurota tuman A.Navoiy oilaviy shifokorlik punkti hududidagi 6-son dorixona shaxobcha 23. Nurota tuman "Yangi bino" oilaviy shifokorlik punkti hududidagi 115-son dorixona shaxobcha 24. Tomdi tuman ko‘p tarmoqli markaziy poliklinika hududidagi 5-son dorixona 25. Uchquduq tuman ko‘p tarmoqli markaziy poliklinika hududidagi 6-son dorixona 26. Xatirchi tuman ko‘p tarmoqli markaziy poliklinika hududidagi 8-son dorixona 27. Xatirchi tuman 27-sonli  oilaviy poliklinika   hududidagi 46-son dorixona shaxobcha 28. Xatirchi tuman 29-sonli  oilaviy poliklinika hududidagi 119-son dorixona shaxobcha 29. Xatirchi tuman 31-sonli  oilaviy poliklinika hududidagi 20-son dorixona shaxobcha 30. Xatirchi tuman 33-sonli  oilaviy poliklinika hududidagi 18-son dorixona shaxobcha 31. Xatirchi tuman "O‘zbekiston" oilaviy shifokor punkti hududidagi 51-son dorixona shaxobcha 32. Xatirchi tuman "Bog‘chakalon" oilaviy shifokor punkti hududidagi 41-son dorixona shaxobcha 33. Xatirchi tuman "Xo‘jakulobod" oilaviy shifokor punkti hududidagi 45-son dorixona shaxobcha 34. Xatirchi tuman "Ko‘ksaroy" oilaviy shifokor punkti hududidagi 32-son dorixona shaxobcha

  • 8 Aprel, 15:00
  • Batafsil
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech