16:55 (22.05.2025)

441

Ayrim dorilarni qabul qilgach quyoshga chiqmaslik tavsiya qilindi

Ba’zi antibiotiklar, diuretiklar(peshob haydovchi dorilar), og‘riq qoldiruvchi vositalar, mikroblarga qarshi va aritmiyaga qarshi qabul qilinadigan dorilar terining ultrabinafsha nurlar ta’sirida shikastlanishi va o‘smalar rivojlanish xavfini oshiradi.

Bu haqda R-Farm kompaniyalar guruhining onkologiya bo‘yicha tibbiy direktori Tatyana Dergacheva ma’lum qildi.

Mutaxassisning fikriga ko‘ra, bu yon ta’sir fotosensibilizatsiya deb ataladi. Bu kuyish va pigmentatsiya, uzoq muddatda teri saratoni xavfini oshiradi.

«Fotosensibilizatsiyaning yuqori xavfi tetratsiklin va ftorxinolon antibiotiklari, ba’zi peshob haydovchi dorilar, steroid bo‘lmagan yallig‘lanishga qarshi dorilar, sulfanilamidlar va aritmiyaga qarshi dorilar tufayli yuzaga keladi. Ushbu dori-darmonlarni qabul qilgandan keyin imkoni boricha quyoshda bo‘lish vaqtini cheklash kerak", - dedi R-Farm eksperti.

Shuningdek, organlar transplantatsiyasidan o‘tgan bemorlar o‘zlarini quyoshdan himoya qilishga e’tiborli bo‘lishi kerak. Ularga umrbod immunosupressant terapiya buyuriladi, bu terining ultrabinafsha nurlariga zaifligini oshiradi.

"Ularda skuamoz hujayrali teri saratoni rivojlanish ehtimoli umumiy aholiga qaraganda 65 dan 100 baravar ko‘proq, melanoma esa sakkiz baravar ko‘p", - aniqlik kiritdi mutaxassis.

Quyoshdan himoyalovchi vositalardan foydalanish, uzun yengli ko‘ylaklar kiyish va kunning eng issiq vaqtida ko‘chaga chiqmaslik salomatlikni saqlash uchun muhim tavsiya hisoblanadi.

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech