08:55 (20.05.2025)
389
Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Kasalliklarni ambulator sharoitda davolashda dori vositalari xarajatlarini qoplash boʼyicha reimbursatsiya dasturi toʼgʼrisidagi nizomni tasdiqlash haqida" qaroriga koʼra, dori vositalarini oilaviy shifokorning elektron retsept asosida bepul olish mumkin.
Reimbursatsiya (reimbursement) ingliz tilidan olingan boʼlib, “xarajatlarni qoplash” maʼnosini anglatadi. Yaʼni, reimbursatsiya dasturida birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalarida surunkali kasalliklarni ambulator sharoitda davolash uchun qabul qilinadigan dori vositalari uchun dorixona xarajatlarini Davlat tibbiy sugʼurtasi jamgʼarmasi qoplaydi.
Surunkali kasalliklar:
gipertoniya kasalligi – qon bosimi oshishi bilan kechuvchi kasallik boʼlib, koʼp hollarda koʼyidagi asoratlarini keltirib chiqaradi: yurak infarkti, insulьt va boshkalar;
yurak ishemik kasalligi – yurak hususiy qon-tomirlarining oʼtkir yoki surunkali bekilib kelishi natijasida yurak mushaklarining kislorod bilan taʼminlanishi buzilishiga aytiladi.
qandli diabetning ikkinchi turi – inson tanasi hujayralarining insulinga taʼsirchanligi keskin pasayishi natijasida glyukoza oʼzlashtirilishi buzilishiga aytiladi;
bronxial astma – nafas yoʼllari surunkali yalligʼlanish kasalligi boʼlib, quyidagi belgilar bilan kechadi: hushtaksimon xirillash, nafas siqishi, koʼkrakda ogʼirlik va yoʼtal;
oʼpkaning surunkali obstruktiv kasalligi – oʼpka va nafas yoʼllarida havo oqimi tezligini keskin pasayishi xamda zararli zarrachalar yoki gazlar taʼsiriga nisbatan surunkali yalligʼlanish jarayonini faollashishi bilan kechadigan jarayon.
Yuqorida keltirilgan surunkali kasalliklarga chalingan dispanser nazoratida turuvchi bemorlar oilaviy shifokor elektron retsepti asosida bepul dori vositalarini olish huquqiga ega. Dori vositalari Davlat tibbiy sugʼurtasi jamgʼarmasi bilan shartnoma asosida xizmat koʼrsatuvchi dorixonalarda beriladi.
Dorixona tomonidan reimbursatsiya dasturi asosida beriladigan dori vositalari uchun bemordan toʼlov olinganligi hamda reimbursatsiya dasturi talablariga rioya etilmaslik holati aniqlanganda Jamgʼarma:
birinchi marotaba — ogohlantirish berish;
ikkinchi marotaba — bir tomonlama tartibda shartnomani bekor qilgan holda dorixonani reimbursatsiya dasturidan chiqarish huquqiga ega.