12:10 (26.05.2025)

226

Kanadalik olimlar qon tahlili orqali depressiyani aniqlash usulini ishlab chiqdilar

Makgill universiteti (Kanada) olimlari yangi laboratoriya tahlili yordamida oʻsmirlarda depressiya rivojlanganda qondagi miqdori ortadigan toʻqqizta molekulani aniqlashga erishdilar.

Ushbu molekulalarning miqdoriga asoslanib, olimlar vaqt oʻtishi bilan kasallik belgilarining kuchayish xususiyatlarini aniqlay oldilar.

Klinik tadqiqot natijalari depressiyani belgilari kuchayishidan oldin, erta bosqichlarda aniqlash usulini ishlab chiqish imkonini berdi.

Bunda katta yoshli bemorlarda mazkur toʻqqizta molekula (mikroRNK) miqdorining oshishi kuzatilmadi. Bu esa ushbu biologik jarayonlar faqat oʻsmirlarga xos boʻlishi mumkinligini taxmin qilishga asos boʻladi.

Tadqiqot doirasida qon namunalari olinib, ularning molekulyar yaxlitligini saqlash maqsadida quritildi va muzlatildi. Namunalarni olish, saqlash va tashish jarayoni oson boʻlgani sababli, bu usul klinik amaliyotda keng qoʻllanilishi mumkin.

Usul namunalardan mikroRNKni ajratib olish va keyinchalik uni tahlil qilishni oʻz ichiga oladi.

Tadqiqotning birinchi muallifi Alisa Morgunova aytishicha, olingan natijalar ruhiy kasalliklarning rivojlanishiga hamroh boʻlgan dastlabki biologik oʻzgarishlarni kuzatish imkonini beruvchi usuldan amalda foydalanish mumkinligini tasdiqlaydi.

Tadqiqotchilar olingan natijalarni oʻsmirlarning kattaroq guruhlari orasida tasdiqlashni va mikroRNKning genetik xavf omillari hamda tashqi muhit taʼsiri bilan oʻzaro aloqa mexanizmlarini oʻrganishni rejalashtirmoqdalar.

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech