17:00 (21.05.2025)
412
“2025–2030 yillarda bolalar saratoniga qarshi kurashish boʼyicha Oʼzbekiston Respublikasi milliy strategiyasini amalga oshirish chora-tadbirlari toʼgʼrisida”gi Prezident qarori (PQ-186-son, 19.05.2025 y.) qabul qilindi.
2025–2030 yillarda Oʼzbekistonda bolalar saratoniga qarshi kurashishning asosiy maqsadlari etib quyidagilar belgilandi, jumladan:
- bolalar saratonini erta bosqichlarda aniqlash holatlari ulushini 65 foizgacha oshirish;
- onkologik va onkogematologik kasalliklarga chalingan bolalarning 1 yillik yashovchanligini 34 foizdan 90 foizgacha, 5 yillik yashovchanligini esa kamida 60 foizgacha oshirish;
- saraton kasalligiga chalingan bolalarni 100 foiz ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam bilan qamrab olish.
???? 2025–2030 yillarda bolalar saratoniga qarshi kurashish boʼyicha Oʼzbekiston Respublikasi milliy strategiyasi (Strategiya) ishlab chiqilgan.
✔️ Farmon bilan 2025–2026 yillarda bolalar saratoniga qarshi kurashish boʼyicha Oʼzbekiston Respublikasi milliy strategiyasini amalga oshirish boʼyicha kompleks chora-tadbirlar dasturi tasdiqlandi.
✅ Strategiyani joriy etish loyihasi 2025–2026 yillarda Samarqand shahri va Ishtixon tumanidagi tibbiyot muassasalari bazasida amalga oshiriladi hamda kelgusida zarur shart-sharoitlar yaratilishiga qarab mamlakatning boshqa hududlariga parallel ravishda kengaytiriladi.
Qarorga koʼra, 2025 yil 1 iyulgacha “Elektron sogʼliqni saqlash” axborot tizimida onkologik va onkogematologik kasalliklarga chalingan bolalarni roʼyxatga olish, tashxislash, davolash, dispanser kuzatuvi hamda yoʼnaltirish jarayonlarini oʼz ichiga olgan bemorlarning raqamlashtirilgan marshruti joriy etiladi.
???? Bunda shifokor qabuliga masofadan yozilish hamda onlayn konsulьtatsiyalar oʼtkazish imkoniyati yaratiladi.
✔️ 2025 yil yakunigacha Strategiyani joriy etish loyihasini amalga oshirish doirasida sunʼiy intellekt texnologiyalari joriy etiladi.