13:37 (21.05.2025)

330

TalabaExpo-2025 yirik kasb yarmarkasi

TalabaExpo-2025 — bu oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilarini ish bilan ta’minlash, ularning biznes g‘oyalarini qo‘llab-quvvatlash, shuningdek, yosh mutaxassislar bilan yirik ish beruvchilar o‘rtasida samarali muloqot maydonini yaratishga qaratilgan keng ko‘lamli tashabbus.

O‘zbekiston Prezidentining 2025-yil 14-fevraldagi PQ-61-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida, tashkil etilgan yarmarka bugun o‘z ishi boshladi.

Mazkur tadbir Zakovat Arena binosi atrofida bo‘lib o‘tib, respublika hududlaridan 700dan ortiq yirik ish beruvchi kompaniyalar, davlat va tijorat banklari o‘zlarining bo‘sh ish o‘rinlari bilan ishtirok etmoqda.

Xususan, O‘zbekistondagi yirik farmatsevtika kompaniyalaridan biri bo‘lgan, bir asrlik tarixga ega "Dori-Darmon" aksiyadorlik kompaniyasi va "O‘zbekiston Dori ta’minoti" MCHJ ham mavjud bo‘sh ish o‘rinlari bilan ishtirok etayapti.

Bitiruvchi talabalar kompaniyadagi mavjud bo‘sh ish o‘rinlari doirasida kompaniya tomonidan beriladigan imkoniyatlar, sharoitlar,  ijtimoiy himoya va tabiiyki oylik maoshiga qiziqish bildirmoqda. Mutaxassislar bitiruvchi talabalarni qiziqtirgan savollariga batafsil javob berib berishmoqda.

TalabaExpo-2025 festivalida ishtirok etish orqali bitiruvchi talabalar quyidagi imkoniyatlarga ega bo‘ladilar:

• Iqtisodiyotning yetakchi sohalaridagi kasbiy rivojlanish istiqbollari bilan tanishish; • HR bo‘limi vakillari bilan dastlabki suhbatdan o‘tish; • Yosh mutaxassislarga qo‘yiladigan talablar haqida ma’lumot olish; • Biznes-rejalarni ishlab chiqish va moliyalashtirish bo‘yicha maslahatlar olish.

Bitiruvchi bosqichdagi barcha talabalarni 21-23-may kunlari bo‘lib o‘tadigan ushbu muhim tadbirda ishtirok etishga taklif etib qolamiz.

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech