News

not found

BMT Bosh assambleyasi Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining tashabbusini qoʼllab-quvvatladi

14 dekabrь kuni BMT Bosh assambleyasi “Barqaror rivojlanish maqsadlariga (BRM) erishishni jadallashtirishda parlamentlarning rolini kuchaytirish toʼgʼrisida”gi rezolyutsiyani bir ovozdan maʼqulladi. Ushbu rezolyutsiyani qabul qilish taklifi Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev tomonidan 2020 yilda BMT Bosh assambleyasining 75-sessiyasida ilgari surilgan edi. Rezolyutsiyada COVID-19 pandemiyasidan keyingi davrda hech kimni eʼtibordan chetda qoldirmaslikni taʼminlagan holda keng koʼlamli, barqaror va izchil tiklanishni qoʼllab-quvvatlash maqsadida hamjihatlik, birdamlik va har tomonlama hamkorlikka sodiqlikni mustahkamlashda parlamentlarning muhim oʼrni qayd etiladi. Bosh assambleya davlatlarni parlamentlarni qoʼllab-quvvatlashga, ularni BRMga erishish boʼyicha kelgusi faoliyat va ularning erishilishini kuzatish jarayonlariga, ayniqsa, ixtiyoriy milliy maʼruzalarni tayyorlashga jalb qilish, shuningdek, milliy masʼuliyat va hisobdorlikni taʼminlash va kuchaytirish uchun ularga yordam berishga chaqiradi. Xotin-qizlarning qonun chiqaruvchi organlar ishida va parlament jarayonlarida toʼliq, teng huquqli va taʼsirchan ishtirokiga koʼmaklashish orqali BRMga erishishni jadallashtirishga qaratilgan saʼy-harakatlarning markaziy omili sifatida gender tenglikni taʼminlashga alohida eʼtibor qaratilgan. 2030 yilga qadar boʼlgan davrdagi kun tartibining muvaffaqiyatli amalga oshirilishida yoshlarning oʼrni va hissasi muhimligi, yoshlarning parlament jarayonlarida toʼliq, teng huquqli va taʼsirchan ishtirokini taʼminlash zarurligi eʼtirof etilgan. Dunyoning barcha qitʼalaridagi 80 ta davlat, shu jumladan Markaziy Osiyo mamlakatlari, Аvstriya, Bangladesh, Bahrayn, Belьgiya, Germaniya, Jazoir, Ispaniya, Indoneziya, Italiya, Kolumbiya, Koreya Respublikasi, Malayziya, Misr, Niderlandiya, Norvegiya, Pokiston, Portugaliya, Rossiya, Singapur, Finlyandiya, Frantsiya, XXR, Shvetsiya, Yaponiya, Qatar va boshqalar hujjatning hammualliflari boʼldi. BMT tuzilmalari va boshqa xalqaro tashkilotlar rezolyutsiyani olqishladilar. Rezolyutsiya parlamentlar uchun oʼziga xos dasturilamal boʼlishi, BRMni jadal amalga oshirish boʼyicha saʼy-harakatlarini faollashtirishi qayd etilmoqda. Parlamentlararo ittifoq ushbu hujjatni 2023 yil sentyabrь oyida BMT Bosh assambleyasi 78-sessiyasining Oliy darajadagi haftasi doirasida boʼlib oʼtadigan BRM sammitiga tayyorgarlik yoʼlidagi muhim qadam sifatida baholadi.

  • 16 December, 14:00
  • Read more
not found

Qanday dori vositalari jenerik dorilar sanaladi?

Yangi dori ixtirosi, uni sinovdan oʼtkazish jarayoni, klinik sinovlari va roʼyxatga olinishi uzoq vaqt talab yetadi. Baʼzida faol moddaning molekulasi olingan paytdan boshlab birinchi paket sotuvga chiqqunga qadar 10-15 yil oʼtishi mumkin. Bu jarayon iqtisodiy jihatdan anchagina qimmatga tushadi, shuning uchun asl dori koʼpincha baland narxda boʼladi. Ammo keyinroq sotuvda jenerik (analog)lari paydo boʼladi, ular ancha arzon. Agar ular bir xil faol moddadan foydalansa, dori vositasi jenerik deb ataladi. Jenerik nima?Jenerik (inglizcha generic) — faol moddaning miqdori va organizmga taʼsiri boʼyicha asl dori vositasiga mos keladigan dori nusxasi. U standart kabi bir xil dozalash shaklida ishlab chiqarilishi kerak. Majburiy shart - bu jenerik (analog)ning samaradorligi. Dori ixtiro qilingandan soʼng kompaniya faol moddaning asl molekulasi uchun patent oladi. Ishlab chiqarish va sotish boʼyicha mutlaq huquqlar kompaniyada 20 yil davomida saqlanadi. Shundan soʼng, boshqa farmatsevtika kompaniyalari umumiy dorilarni ishlab chiqarishi mumkin. Ular bir xil xalqaro patentlanmagan nom (XPN)ga ega, lekin ishlab chiqaruvchi oʼramni oʼzgartirishga, dori vositasiga oʼz savdo nomini berishga haqli. Masalan, Ibuprofen va uning jenerigi Nurofen. Jeneriklar sifat va samaradorlikka nisbatan qatʼiy talablarga boʼysunadi. Xuddi shu faol moddadan foydalanishga qaramay, tanaga taʼsiri turlicha boʼlishi mumkin. Bu bir necha omillarga bogʼliq: ✅ yordamchi moddalar tarkibi - ular har qandaydori vositasida qoʼllaniladi, ular tufayli tez eruvchanligini yoki uzoq muddatli taʼsirini taʼminlash, shuningdek planshet, kapsula yoki malham shaklini berish mumkin; ✅ xom ashyo sifati - har qanday farmakologik moddada maʼlum bir miqdorda aralashmalar mavjud, tayyor preparatning taʼsiri ularning miqdoriga bogʼliq. Jenerik dori vositalari umumiy farmatsevtika bozorining qariyb 60% ni egallaydi. Narxlari va yaxshi taʼsiri tufayli xaridorlar tomonidan asl nusxadanda koʼproq sotib olinadi.

  • 13 December, 17:36
  • Read more
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech