Yangiliklar

not found

Sovunmi yoki antiseptik: Qay biridan foydalanish afzalroq?

Kun davomida, koʻchada va jamoat joylarida koʻp odamlar bilan aloqa qilamiz, turli xil narsalarga tegamiz. Natijada zararli viruslar va bakteriyalar qoʻl terisiga kelib tushadi. Agar, shu kir qoʻllar bilan ovqat yeyilsa, yoki koʻzlar ishqalansa, viruslar va bakteriyalar organizmga tushib, turli kasalliklarga sabab boʻladi. Shuning uchun qoʻl gigiyenasiga katta ahamiyat berish lozim. Sovunning afzalliklari va kamchiliklari: • muntazam foydalanish mumkin; • kuchli va qattiq kirlarni yaxshi tozalaydi; • mikrob, virus va hokazolarni oʻldiradi va yuvib yuboradi; • antibakterial sovundan haddan tashqari koʻp foydalanish allergiya va teri mikroflorasining buzilishiga olib kelishi mumkin (shuning uchun oddiy sovunni ishlatgan ma’qulroq); • har doim ham qoʻlni sovun bilan yuvish imkoniyati boʻlavermaydi (koʻchada yoki suv yoʻq joyda). Antiseptikdan foydalanishning afzalliklari va kamchiliklari quyidagilar: • mikrob, virus va zamburugʻlarni oʻldiradi; • qulay (oʻzi bilan olib yurish mumkin); • kuchli kirlarni tozalamaydi; • allergik reaksiyani chaqirishi mumkin; • haddan tashqari foydalanilganda terining ta’sirchanligini oshishiga va qurishiga olib keladi; • patogen mikroblardan tashqari, terining oʻz mikroflorasini ham oʻldirishi mumkin. Koʻrinib turibdiki, muntazam foydalanish uchun koʻproq sovun mos keladi, antiseptikdan esa kuniga bir yoki ikki marta foydalanish tavsiya etiladi. Antibakterial vositalardan uyda, yoki kundalik hayotda emas, balki kasalxonada yoki epidemiya va kasalliklar avj olgan vaqtda foydalanish afzal. Agar qoʻllarni sovun bilan yuvish imkoniyati boʻlmasa, albatta, antiseptiklardan foydalanganingiz ma’qul. Muhimi qoʻlimizni tez-tez yuvish, antiseptik bilan zararlantirish kabilar yuqumli kasalliklarni tarqalishini oldini oladi. Вu jarayonlarni doimo bajarish salomatlik mezonidir.

  • 7 Yanvar, 17:41
  • Batafsil
not found

O‘zbekiston aql darajasi reytingida yuqoriladi

Mamlakat IQ darajasini aniqlash bo‘yicha reytingdagi 127 davlat ichida 69-o‘rinni egalladi. Xalqaro IQ reyestri dunyoning turli mamlakatlaridagi o‘rtacha IQ (Intelligence quotient, intellekt koeffitsiyenti – inson aql darajasining miqdoriy bahosi) ma’lumotlarini e’lon qildi. Birinchi o‘rin 107,43 ball bilan Xitoyga nasib etgan bo‘lsa, O‘zbekiston 96,98 ball bilan ro‘yxatdagi 127 davlat ichida 69-o‘rinni egalladi. Dunyo bo‘yicha o‘rtacha IQ 100 ballni tashkil qiladi. Reyting mualliflari ta’kidlashicha, tadqiqot 2024-yilda ushbu saytda bir xil testdan o‘tgan butun dunyo bo‘ylab 1,4 mln kishi ma’lumotlariga asoslangan. Ba’zi mamlakatlar ma’lumotlar yo‘qligi sababli kiritilmagan. Reyting har yili 1-yanvarda yangilanadi. «Mamlakatlar bo‘yicha o‘rtacha IQ Sharqiy Osiyoda yuqoriroq. O‘rtachaga yaqin - Yevropa, G‘arbiy Osiyo, Okeaniya, Shimoliy Amerika va Shimoliy Afrikada. Markaziy va Janubiy Afrika hamda Lotin Amerikasida o‘rtachadan past», deyiladi xabarda. Qayd etilishicha, test sinovida O‘zbekistondan 8986 kishi ishtirok etgan. O‘tgan yili bu ko‘rsatkich 94,81 ballga teng edi, bu yil 2,17 ga oshgan. Kuchli uchlikka Xitoy (107,43), Eron (106,63) va Janubiy Koreya (106,57) kirdi. Gabon 85,56 ball bilan so‘nggi o‘rinni egalladi. Markaziy Osiyo mamlakatlari orasida Qozog‘iston 66-o‘rinda (97,27), Qirg‘iziston 84-o‘rinda (95,0), Tojikiston 96-o‘rinda (93,75), Turkmaniston haqida ma’lumot yo‘q. Tadqiqotchilar ta’kidlaganidek, mamlakatdagi o‘rtacha IQ miqdoriga quyidagilar ta’sir qiladi: - Yuqumli kasalliklar: 2010 yilgi tadqiqot shuni ko‘rsatdiki, yuqumli kasalliklar darajasi yuqori bo‘lgan mamlakatlarda odatda IQ miqdori past bo‘lgan aholi yashaydi. Ushbu kasalliklar kognitiv rivojlanishga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Afrika yuqumli kasalliklardan eng ko‘p zarar ko‘rgan qit’adir. - Ovqatlanish odatlari: 2025 yilgi tadqiqot shuni ko‘rsatdiki, yaxshi ovqatlanish odatiga ega bo‘lgan bolalar boshqa bolalarga qaraganda yuqori IQ miqdoriga ega. - Intellektual faoliyat: 2022 yilgi tadqiqot shuni ko‘rsatdiki, muntazam ravishda shaxmat o‘ynash bolalarning IQ darajasini oshirishi mumkin. 1962-yildagi yana bir tadqiqot shuni ko‘rsatdiki, ikki tilda so‘zlashadigan bolalar faqat bir tilda gapiradigan bolalarga qaraganda IQ testida yuqori ball olgan. - Genetika: 2013-yilda mingdan ortiq egizaklar ishtirokida o‘tkazilgan tadqiqot shuni ko‘rsatdiki, IQ 50-80 foiz genetika bilan belgilanadi. Xulosa qilinishicha, sog‘lom ovqatlanish odatlarini targ‘ib qiluvchi va o‘z fuqarolarini intellektual rag‘batlantiruvchi faoliyat bilan shug‘ullanishga undaydigan, sog‘liqni saqlash tizimi yaxshi rivojlangan mamlakatlarda o‘rtacha IQ darajasi yuqori bo‘lgan aholi yashaydi.

  • 7 Yanvar, 11:50
  • Batafsil
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech