12:00 (24.04.2025)

323

Sirdaryo mintaqaviy bo‘linmasining faoliyati o‘rganildi

“Dori-Darmon” AK Boshqaruv raisi M. Dusmurotov boshchiligida ishchi guruh kompaniyaning Sirdaryo mintaqaviy bo‘linmasiga tashrif buyurdi.

Bo‘linma faoliyatidagi mavjud muammolarni hal qilish va rentabillik darajasini oshirish bo‘yicha ishlab chiqilgan yo‘l xaritasi asosida olib borilayotgan ishlar bilan tanishdi.

Tashrif davomida dastlab, dori vositalari saqlanadigan ombor faoliyati urganildi. Omborxona “GDP” sertifikatiga ega bo‘lib, ishlar shu asosida mutaxassislarga taqsimlangan. Dori vositalarini markirovkalar jarayoni, dori vositalari assortimenti, saqlash sharoiti, zarur jihozlarning benuqson ishlashi bo‘yicha qilingan ishlar bilan tanishish asnosida kerakli ko‘rsatmalar berildi.

Viloyat bo‘ylab faoliyat yuritayotgan dorixonalar faoliyati bilan tanishildi. Yaratilgan sharoitlar va qulayliklar hamda savdo jarayonlarida xodimlarning mijozlarga muomilasi kuzatildi.

Shuningdek, o‘rganishlar davomida Bo‘linma hududida joylashgan, qurilishi tugallanmay qolgan 4 qavatli “B” korpus binosi ham ko‘zdan kechirildi. Ishchi guruh va boʻlinma rahbariyatiga qurilishni tugallash va ishlab chiqarish faoliyatini tashkil etish boʻyicha takliflar kiritish topshirildi.

O‘rganishlar yakuni bo‘yicha Sirdaryo mintaqaviy bo‘linmasining anjumanlar zalida yig‘ilish o‘tkazildi. Yig‘ilish davomida dori vositalarini assortimentini oshirish, reimbursatsiya dasturiga ulangan dorixonalar faoliyatini yanada takomillashtirish, doroixonalarda mijozlar uchun qulayliklar yaratish va sohaga oid boshqa muammolar muhokama qilindi, takliflar urganildi hamda mas’ullarga zarur topshiriqlar berildi.

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech