17:55 (21.04.2025)

46

COVID-19 bilan og‘riganlarning barchasida immun tizimi buzilgan - olimlar

AQSHning Sent-Luis universiteti olimlari shunday xulosaga kelishdi.

Tadqiqotchilar 800 mingta «medkarta»ni tahlil qilishdi. Ma’lum bo‘lishicha, koronavirusni boshdan o‘tkazgan odamlarga viruslar, zamburug‘lar va bakteriyalar 50 foiz ko‘proq yuqmoqda. Ularda kasalliklar og‘irroq va uzoqroq kechyapti, ayniqsa, nafas yo‘llari va o‘pkaning shikastlanishidan ko‘proq aziyat chekmoqda.

Tadqiqotchilarning fikricha, COVID-19 shilliq pardalarni shikastlab, ularni patogenlar uchun ko‘proq o‘tkazuvchan qilib, immunitet tizimiga uzoq muddatli salbiy ta’sir ko‘rsatgan bo‘lishi mumkin. Ular ushbu hodisaning mexanizmlarini tushunish uchun keyingi tadqiqotlar zarurligini ta’kidlaydi.

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech