11:50 (23.04.2025)
372
Ijtimoiy dorixonalarning asosiy vazifasi aholini Ro‘yxatga kiritilgan dorixona assortimentidagi dori vositalari va tibbiy buyumlar, boshqa turdagi dori vositalari va tibbiy buyumlar bilan ta’minlash, shuningdek, imtiyozga ega ayrim toifadagi shaxslarni dori vositalari bilan ta’minlashdan iborat.
Shuningdek, ijtimoiy dorixona quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
- dori vositalarini O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlanadigan shakldagi retseptlar bo‘yicha yoki retseptsiz chakana realizatsiya qilishni, shuningdek, qonunchilikda belgilangan tartibda imtiyozga ega ayrim toifadagi shaxslarni dori vositalari bilan ta’minlaydi;
- belgilangan tartibda dori vositalari va tibbiy buyumlarni saqlaydi va yo‘q qiladi;
- iste’molchidan kelib tushgan shikoyatlar asosida aniqlangan, dori vositalarining nojo‘ya ta’siri va samaradorligi past holatlar haqida O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligini xabardor qiladi;
- ambulatoriya sharoitida davolashda imtiyozli beriladigan dori vositalari ro‘yxatiga kiritilgan, ijtimoiy dorixonada amalda mavjud bo‘lgan va vaqtincha mavjud bo‘lmagan dori vositalari haqida shahar va tuman tibbiyot birlashmalariga har chorakda ma’lumot taqdim etadi;
- aholiga dori vositalari va tibbiy buyumlarni saqlash va qo‘llash bo‘yicha maslahat berish va axborot yordami ko‘rsatadi;
- dori vositalari va tibbiy buyumlarning ijtimoiy dorixonalar tarmog‘i bo‘yicha harakatlanishining elektron shakldagi hisob-kitobini yuritadi;
- ijtimoiy dorixonaga tashrif buyuruvchilar uchun belgilangan tartibda tasdiqlangan cheklangan narxlar ko‘rsatilgan dori vositalari assortimenti ro‘yxatini ko‘rinarli joyda joylashtiradi;
- tegishli litsenziyasi mavjud bo‘lganda shifokor retsepti asosida dori vositalarini tayyorlaydi va ichki sifat nazoratini o‘tkazadi.