08:58 (23.04.2025)

360

Bugun navbatdagi “Avtomobilsiz kun“ aksiyasi o`tkazilmoqda

Tadbir sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, atrof-muhit ifloslanishini kamaytirish va yirik shaharlarda transport harakati oqimini kamaytirish maqsadida o‘tkaziladi.

Shu kuni davlat tashkilotlarining barcha rahbar va xodimlariga, shuningdek, fuqarolarga shaxsiy transport vositalaridan jamoat transporti, piyoda yurish, velosiped va boshqa ekologik toza transport vositalari foydasiga voz kechish tavsiya etiladi.

Eslatib oʻtamiz, “Avtomobilsiz kun” oylik aksiyasi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 21-fevraldagi 37-sonli Qaroriga muvofiq har oyning toʻrtinchi chorshanba kuni oʻtkazilmoqda.

Ta'kidlash joizki, avtomobillardan chiqadigan zararli tashlamalar atrof-muhitni ifloslantiruvchi asosiy manbalardan biridir. Shaxsiy transportdan voz kechish havo ifloslanishi va transport vositalari tirbandligini kamaytirishga, umuman shaharlardagi ekologik vaziyatni yaxshilashga yordam beradi.

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech