15:01 (24.04.2025)

296

Toshkent davlat tibbiyot universiteti tashkil etiladi

“Tibbiyot sohasida kadrlar tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Prezident Qarori (PQ-149-son, 22.04.2025-y.) qabul qilindi.

Qarorga koʻra:
-Toshkent tibbiyot akademiyasi, Toshkent pediatriya tibbiyot instituti va Toshkent davlat stomatologiya instituti negizida Toshkent davlat tibbiyot universiteti tashkil etiladi;
-Toshkent tibbiyot akademiyasining markaziy ilmiy-tekshirish laboratoriyasi negizida Tibbiyot ilmiy-innovatsion tadqiqot instituti faoliyati yoʻlga qoʻyiladi;
-Toshkent tibbiyot akademiyasining Urganch filiali Urganch davlat tibbiyot instituti etib qayta tashkil etiladi;
-Toshkent tibbiyot akademiyasining koʻp tarmoqli klinikasi, Toshkent pediatriya tibbiyot instituti klinikasi va Toshkent davlat stomatologiya instituti klinikasi Toshkent davlat tibbiyot universiteti klinikalari etib qayta nomlanadi;
-Toshkent tibbiyot akademiyasining Termiz va Chirchiq filiallari Toshkent davlat tibbiyot universitetining Termiz va Chirchiq filiallari etib qayta nomlanadi;
-Toshkent tibbiyot akademiyasi akademik litseyi, Toshkent pediatriya tibbiyot instituti akademik litseyi va Toshkent davlat stomatologiya instituti akademik litseyi Toshkent davlat tibbiyot universitetining 1-, 2- va 3-son akademik litseylari etib qayta nomlanadi.

Taʼlim dasturlarini xalqaro tibbiy taʼlim standartlariga muvofiqlashtirib, kompetensiyalarga asoslangan tibbiy taʼlim dasturlarini joriy etish Universitetning asosiy vazifalari va faoliyati yoʻnalishlaridan biri etib belgilandi.

Hujjat bilan, shuningdek, universitet tibbiyot sohasi uchun oliy maʼlumotli mutaxassislar va ilmiy kadrlar tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish boʻyicha yetakchi oliy taʼlim muassasasi hisoblanadi.

Universitetga talabalarni oʻqishga qabul qilish 2025/2026 oʻquv yilidan boshlanadi. Shu oʻquv yilidan Toshkent tibbiyot akademiyasi, Toshkent pediatriya tibbiyot instituti va Toshkent davlat stomatologiya institutida tahsil olayotgan barcha talabalar oʻqishini ushbu universitetda davom ettiradi hamda bitiruvchi kurs talabalariga belgilangan tartibda universitet diplomi beriladi.

2025/2026 oʻquv yilidan magistraturada bosqichma-bosqich xorijiy tillarda oʻqitiladigan alohida guruhlar tashkil etadi.

Ixtisoslashtirilgan tibbiyot markazlari va Toshkent shahridagi tibbiyot muassasalari universitet talabalari uchun klinik amaliyot bazalari etib belgilanadi.

Universitet tuzilmasida homiylik xayriyalari hisobidan toʻldiriladigan Toshkent davlat tibbiyot universitetini rivojlantirish jamgʻarmasi tashkil etiladi.

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech