12:38 (28.02.2023)

2656

Soliq ilovasida keshbek olish uchun endi Face ID talab qilinadi

«Soliq» mobil ilovasida roʼyxatdan oʼtkazilgan cheklardan hisoblangan keshbekni olish uchun Face ID boʼyicha identifikatsiya qilish talab qilinadi, deb xabar bermoqda Soliq qoʼmitasi matbuot xizmati.

Ilgari faqat 500 000 soʼmdan ortiq mablagʼni olish uchun fotosurat yordamida shaxsni tasdiqlash talab qilinardi. Endi bu shart har qanday bonus miqdori uchun amal qiladi.

Xizmat shaxsiy hisobdagi Face ID boʼlimida mavjud. Buni amalga oshirish uchun shaxsiy identifikatsiya raqami (JShShIR) kiritish, keyin selfi olish va uni tasdiqlash uchun yuborish kerak.

Maʼlumot uchun, 2022 yil 1 yanvardan QR-kodli xarid cheklarini “Soliq” mobil ilovasida roʼyxatdan oʼtkazgan jismoniy shaxslarga xarid summasidan 1 foizlik keshbek toʼlab kelinmoqda.

2022-yil uchun 2 mln nafarga yaqin isteʼmolchilarga 773 mlrd soʼm keshbek toʼlandi

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech