14:18 (17.01.2023)

4163

Dori allergiyasi inson hayotiga zomin boʼlishi mumkin!

Dori allergiyasi toʼsatdan boshlanib, bir nechta bosqichda kechadi:

Ilk bosqich - koʼzlarning achishishi, bosh, mushak va teridagi ogʼriqlar, tana harorati koʼtarilishi, holsizlik kabi belgilar bilan boshlanadi.

Ikkinchi bosqich - yuz, oyoq va qoʼllarda ogʼriq beruvchi qizil toshmalar paydo boʼlib, ular bora-bora koʼk-kulrang tusdagi qabariqchalar shakliga kiradi.

Uchinchi bosqich - tana boʼylab pufakchalar hosil boʼladi. Soʼng ular yorilib, jarohatlar yuzaga keladi. Bu bosqichda ogʼriqlar kuchayadi.

Toʼrtinchi bosqichda bemorda tashnalik, bosh ogʼrigʼi, uyquchanlik, xotira susayishi kuchayadi.

Xastalikning eng ogʼir shaklida alomatlar 3-4 soat ichida rivojlanib, toshmalar tananing 80-90 qismini egallaydi. Bemorlarning 95 foizi ana shu belgilar boshlanganidan soʼng bir necha kun oʼtib hayotdan koʼz yumadi.

Shifokor Zuhriddin Bahriddinov 

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech