19:00 (23.12.2022)
1906
"Dori-Darmon" aktsiyadorlik kompaniyasi tomonidan tizimdagi barcha jamiyatlarga Hindistonning Marion Pvt. Ltd kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan "Dok-1 Maks" tabletkasi va siropini qabul qilgandan soʼng bemorlarda turli nojoʼya taʼsirlar kuzatilgani haqidagi xabarlarga asosan, oʼtkazilayotgan ekspertiza natijalari aniqlanguncha ushbu dori vositalarini realizatsiya qilishni toʼxtatish hamda bu dori vositalarini dorixonalardan omborxonaga qaytarib olish haqida topshiriq berilganligini maʼlum qilamiz.