09:34 (16.02.2023)

2420

Dori vositalarining noqonuniy muomalaga kiritilishini oldi olindi

Bosh prokuratura huzuridagi Departament, DXX va IIBning Dangʼara tumani boʼlimlari tomonidan oʼtkazilgan tezkor tadbirda, Аndijon-Toshkent yoʼnalishida harakatlanib kelayotgan “Lacetti” rusumli avtotransport vositasi toʼxtatib koʼzdan kechirilganda, fuqaro S.А. umumiy bahosi 128,6 mln soʼmlik tegishli hujjatlari boʼlmagan 11 200 dona “Seftriakson”, 1 250 dona “Gonadotropin” va 30 000 dona “Kardiomagnil” nomli dori vositalarini Toshkent shahrida oʼtkazish maqsadida olib ketayotganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 25, 186-3-moddasi (dori vositalarini dorixonalardan va ularning filiallaridan tashqarida realizatsiya qilish) bilan jinoyat ishi qoʼzgʼatilib, tergov harakatlari oʼtkazilmoqda.

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech