09:33 (24.01.2023)
2271
“2023–2026 yillarda ftiziatriya va pulьmonologiya xizmatini yanada rivojlantirishga qaratilgan chora-tadbirlar toʼgʼrisida”gi Prezident qarori (PQ–12-son, 20.01.2023 y.) qabul qilindi
Hujjat koʼra, 2023 yil 1 yanvardan boshlab:
- latent tuberkulyoz infektsiyasiga skrining tekshiruvlari sonini 1 milliontagacha yetkaziladi.
-bu kasallikka chalingan shaxslarni profilaktik davolash qamrovini 21 mingtagacha oshiriladi.
-tuberkulyoz mikrobakteriyasini tezkor gen-molekulyar tashxislash qamrovini 120 mingtagacha yetkaziladi.
-tuberkulyoz bilan kasallangan 18 ming nafar bemorni dori vositalari bilan taʼminlanadi.
Xususan:
a) 1-qator (doriga sezuvchan tuberkulyoz bilan kasallangan bemorlar) – 15 ming;
2 va 3-qatorlar (doriga rezistent tuberkulyoz bilan kasallangan bemorlar) – 3 ming (2020-y. – 1,9 ming, 2021-y. – 2,3 ming);
b) tuman tibbiyot birlashmasi tomonidan aholi orasidan tuberkulyoz bilan kasallanishga moyilligi boʼlgan xavf guruhiga mansub shaxslar roʼyxati shakllantiriladi hamda:
- oʼsmirlar va kattalar rentgenologik (yiliga 3,5 million);
- bolalar immunologik (yiliga 520 ming) tekshiruvdan oʼtkaziladi.
2023 yil 1 fevralga qadar ftiziatriya kasalligining Yagona elektron reestri ishlab chiqiladi. Xavf guruhidagi mahkumlar bilan bevosita aloqada boʼlayotgan ichki ishlar xodimlarini yillik koʼriklar doirasida latent tuberkulyoz infektsiyasiga skrining oʼtkazish tartibi joriy etiladi.