14:51 (30.01.2023)
2657
Poytaxtda ozish uchun taqiqlangan FatZorb dori-darmoni bilan savdo qilayotgan bir guruh tadbirkorlar qoʼlga olingan. Bu haqda IIBB maʼlumotlariga asoslanib, batafsil.uz xabar bermoqda.
Toshkentda taqiqlangan va xavfli moddalarni oʼz ichiga olgan biologik faol qoʼshimchalar (BFQ) bilan savdo qilayotgan tadbirkorlarni aniqlash boʼyicha reyd oʼtkazilgan. Tadbir davomida olti kishi ushlangan. Huquqni muhofaza qilish idorasi xodimlari jami 48 million soʼmlik ozish uchun taqiqlangan 8640 quti FatZorb preparatini olib qoʼyishgan.
Soʼroq paytida tadbirkorlar mamlakatda mazkur preparatga talab juda katta ekanligi bois, uni sotishni boshlaganliklarini aytishgan. Hozirgi vaqtda ushbu holatlar boʼyicha tergovga qadar tekshiruvlar olib borilmoqda.
Аvvalroq “Fatzorb” ozdiruvchi dorisida kuchli taʼsir qiluvchi modda aniqlanganligi haqida xabar bergan edik.