10:51 (11.02.2023)
3501
Tibbiy korsetlar va bandajlar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan mazkur korxona “Super Medical Elements” MChJ tomonidan tashkil etilgan boʼlib, ushbu loyihani amalga oshirish davomida 1,6 million АQSh dollari miqdoridagi mablagʼlar oʼzlashtirildi hamda 40 ta yangi ish oʼrni yaratildi.
Ishlab chiqarish maydoni 1,4 ming metr kvadratga teng boʼlgan ushbu korxonaning ishlab chiqarish quvvati yiliga 400 ming dona (qiymati 50 milliard soʼmlik) mahsulotni tashkil etadi.
Taʼkidlash joiz, yangi korxona tomonidan 2023 yilda Rossiya, Turkiya, Qozogʼiston, Tojikiston, Turkmaniston, Аfgʼoniston, Qirgʼiziston davlatlariga 1 million АQSh dollarilik mahsulot eksport qilinishi rejalashtirilmoqda.
Maʼlumot uchun, bemorlar salomatligini qisqa muddatda asoratsiz tiklash imkonini beruvchi, sifati xalqaro standartlarga javob beradigan, import oʼrnini bosuvchi mahsulot ishlab chiqarishni yoʼlga qoʼyish maqsadida 2022 yilda 40 turdagi tibbiyot bandajlari va korsetlar ishlab chiqarish texnologiyasi Turkiyadan olib kelinib, turkiyalik ekspertlar nazoratida korxonaga oʼrnatildi.