12:32 (09.02.2023)
2584
Oʼzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoevning topshirigʼiga binoan mamlakat maxsus borti halokatli zilzilalar natijasida jabrlanganlarga shoshilinch yordam koʼrsatish maqsadida Gaziantep shahriga (Turkiya) yetib bordi.
Tashqi ishlar vazirligi xabariga koʼra, bortda umumiy soni 71 kishidan iborat qoʼshimcha qidiruv-qutqaruv va tibbiyot xodimlari guruhi bilan bir qatorda, navbatdagi gumanitar yordam partiyasi ham yetkazildi.
Jabrlanganlarga yordam berish maqsadida Mudofaa vazirligi tibbiy otryadining 50 nafar xodimi xizmat qiladigan bir gektar maydonga toʼqqizta alohida boʼlinmadan iborat koʼchma shifoxona majmuasini joylashtirish rejalashtirilgan.
Qayd etilishicha, ushbu dala shifoxonasi barcha zarur tibbiy asbob-uskunalar va dori-darmonlar bilan toʼliq taʼminlanadi.