News

not found

Oʼzbek dori vositalarining bozordagi ulushini 80 foizgacha yetkazish rejalashtirilgan — Teshaboev

Oʼzbekistonda soʼnggi 5 yil ichida umumiy qiymati 500 million dollardan ortiq boʼlgan 100 dan ortiq yangi investitsiya loyihasi ishga tushirildi. Yaqin yillarda Oʼzbekistonda farmatsevtika mahsulotlari ishlab chiqarish hajmini 3 barobar oshirish va oʼzbek dori vositalarining bozordagi ulushini 80 foizgacha yetkazish rejalashtirilgan. Bu haqda Oʼzbekiston investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri oʼrinbosari Xurram Teshaboev Toshkentda boʼlib oʼtgan Ikkinchi xalqaro farmatsevtika forumida maʼlum qildi. “Oʼzbekistonda soʼnggi 5 yil ichida umumiy qiymati 500 million dollardan ortiq boʼlgan 100 dan ortiq yangi investitsiya loyihasi ishga tushirildi. Shu bilan birga, ularning 65 tasi xorijiy investorlar ishtirokida yaratildi. Natijada farmatsevtika mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi 2,5 barobarga, eksport 5 barobarga oshdi. Hozir sanoatda 7000 dan ortiq ishchi band qilingan. Soʼnggi yillarda Oʼzbekiston oʼsimlik xomashyosi asosida 30 ga yaqin original yuqori samarali dori vositalari ishlab chiqildi. Keyingi yillarda bu farmatsevtika mahsulotlarini ishlab chiqarish hajmini 3 barobarga oshirish va oʼzbek dori vositalarining bozordagi ulushini 80 foizga yetkazish rejalashtirilgan”, — dedi Xurram Teshaboev. II Xalqaro farmatsevtika forumi Oʼzbekiston, Rossiya, Qozogʼiston, Tojikiston, Belarusь va boshqa mamlakatlar farmatsevtika sanoati yetakchilarini birlashtiribgina qolmay, farmatsevtika bozorining dolzarb masalalarini muhokama qilish, fikr, tajriba almashish maydoni boʼldi.

  • 7 June, 09:00
  • Read more
not found

Kuchli taʼsir qiluvchi dori vositalarining noqonuniy muomalasi bilan bogʼliq bir nechta holat aniqlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda DXXning Zangiota tumani boʼlimlari tomonidan viloyat IIB xodimlari bilan hamkorlikda oʼtkazilgan tezkor tadbirda fuqaro O.K. 56 dona “Regapen” nomli kuchli taʼsir qiluvchi dori vositasini fuqaro V.D.ga 1,9 mln soʼmga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan. Shu kabi, Departamentning Kattaqoʼrgʼon tuman boʼlimi tomonidan DXX xodimlari bilan hamkorlikda oʼtkazilgan tezkor tadbirda fuqarolar S.M. va M.O. fuqaro X.X.ga tarkibida kuchli taʼsir qiluvchi moddasi boʼlgan 288 dona dori vositasini 1,6 mln soʼmga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlanganlar. Departamentning Boʼka tuman boʼlimi tomonidan IIB xodimlari bilan hamkorlikda oʼtkazilgan tezkor tadbirda, Fargʼona viloyatidan kelgan Sh.D. “Lacetti” rusumli avtotransport vositasida 21 dona “Tropikamid” nolmi kuchli taʼsir qiluvchi dori vositasini oʼtkazish maqsadida olib kelganligi aniqlanib, ashyoviy dalil sifatida olingan. Xuddi shunday, Departamentning Yunusobod tuman boʼlimi tomonidan IIB xodimlari bilan hamkorlikda oʼtkazilgan tezkor tadbirda fuqaro J.B.ning “Hunday Elantra” rusumli avtotransport vositasi “Qashqar” MFY hududida toʼxtatib koʼzdan kechirilganda, avtomashina salonida 82 dona “Regapen”, 19 dona “Sedonik” hamda 11 dona “Tropikamid” nomli kuchli taʼsir qiluvchi dori vositalari mavjudligi aniqlanib, ashyoviy dalil sifatida olingan. Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 251-1-moddasi (kuchli taʼsir qiluvchi yoki zaharli moddalarni qonunga xilof ravishda muomalaga kiritish) bilan jinoyat ishlari qoʼzgʼatilib, tergov harakatlari oʼtkazilmoqda.

  • 6 June, 14:20
  • Read more
not found

Dori sifati buzilganligini qanday aniqlash mumkin?

Uyingizdagi dori qutisini tekshirib turing. Yaroqlilik muddati va saqlash shartlariga qoʼyiladigan talablardan tashqari, barcha dorilar tashqi xususiyatlarga ega: rangi, tiniqligi, zichligi, hajmi, mustahkamligi- bularning bari dori vositasi sifati buzilgan yoki buzilmaganligini koʼrsatadi. Tabletkalar. Yorilgan yoki maydalangan planshetlarga eʼtibor bering. Bundan tashqari, izohda koʼrsatilgandek, rang oʼzgarganligini tekshirishingiz kerak. Agar planshetlar rangi oʼzgargan boʼlsa, ular sogʼliq uchun xavfli boʼlishi mumkin. Kapsulalar. Mustahkam barqaror shakli oʼzgargan, bir-biriga yopishgan kapsulalardan foydalanmang. Koʼz, burun, quloq tomchilari va va boshqa suyuqliklar. Ogoh boʼlish kerak boʼlgan belgilar - loyqalik, idishning pastki qismida yoki devorlarida choʼkma paydo boʼlishi, rangning oʼzgarishi yoki noxush hidning paydo boʼlishi. Malhamlar, linimentlar, shamlar. Liniment - mahalliy foydalanish uchun suyuq malham, masalan, Vishnevskiy malhami. Plastik-elastik yopishqoq konsistensiyaga ega boʼlgan anʼanaviy malhamdan farqli oʼlaroq, liniment tana haroratida eriydi. Malham va linimentlar uchun ogohlantiruvchi belgilar: massa bir xilligining oʼzgarishi, suv paydo boʼlishi, durdachalarga ajralishi, donalar paydo boʼlishi, rangi oʼzgarishi, suyuqlikning kuchayishi (malhamlar uchun). Shamlar. Agar yoriqlar yoki shikastlar boʼlsa, rangi yoki hidi oʼzgargan boʼlsa foydalanmang.

  • 6 June, 09:12
  • Read more
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech