Yangiliklar

not found

Yurtimizda “Sog‘lomlashtirish oyligi” bo‘lib o‘tmoqda

“Bor mehrimiz shu Vatan, shu xalq uchun!” shiori ostidagi ushbu aksiya doirasida barcha hududlarda ijtimoiy himoyaga muhtoj, kambag‘allik reyestriga kiritilgan aholi orasida kasalliklarni erta aniqlash va bemorlarni yashash hududining o‘zida bepul sog‘lomlashtirish ko‘zda tutilgan. Dastlab asosan poliklinikalarda bepul tibbiy ko‘rik va skrininglar tashkil etiladi. O‘zgalar parvarishiga muhtoj, keksalar, yotib qolgan nogironligi bor bemorlar maxsus mobil brigadalar tomonidan uy sharoitida tekshiruvdan o‘tkaziladi. Tibbiy ko‘rik natijasida aniqlangan bemorlar xavf omillari, kasallik guruhlari (masalan, yurak-qon tomir, endokrin, ruhiy, ko‘z kasalliklari va hokazo) bo‘yicha toifalarga ajratiladi. Shundan so‘ng xastalik tashxisi tasdiqlangan yurtdoshlarimiz uchun individual sog‘lomlashtirish rejasi tuziladi. Ambulator, uy shifoxonasi va kunduzgi statsionarda salomatligini tiklaydigan aholi vakillariga oilaviy shifokorlik punkti va poliklinikalarda mavjud dori vositalari viloyat mutaxassislarining tavsiyasiga ko‘ra oilaviy shifokor ko‘rsatmasi asosida bepul beriladi. Tuman markaziy shifoxonasida davolanishi rejalashtirilgan bemorlarga oilaviy shifokor yo‘llanmasi, viloyat darajasidagi tibbiyot muassasalarida muolaja olishi tavsiya etilganlarga esa imtiyozli yo‘llanmalar rasmiylashtiriladi. Ehtiyojmand bemorlarga tezkor va manzilli yordam ko‘rsatishga qaratilgan mazkur oylik shu yilning 25-may kuniga qadar davom etadi.

  • 28 Aprel, 12:53
  • Batafsil
not found

25-aprel – Butunjahon bezgakka qarshi kurash kuni

Jahon sogʻliqni saqlash tashkilotining 2007-yil may oyida boʻlib oʻtgan 60-sessiyasi qaroriga koʻra, dunyo boʻyicha har yili 25-aprel – Butunjahon bezgakka qarshi kurash kuni sifatida nishonlanadi.  Bezgak kasalligi bilan har yili yer yuzida 200-300 million nafardan koʻproq inson kasallanadi.  Bunga ekologik tabiiy ofatlar, aholining kasallikka moyilligini yuqoriligi, ijtimoiy-maishiy sharoit hamda aholining migratsiyasini kuchayishi sabab boʻladi. Mazkur sana bezgak kasalligini  yuqtirish xavfi, bezgak boʻyicha noxush hududlarga chiqishda shaxsiy himoya choralari haqida xabardor qilish, bezgakni davolash mumkinligi va aholiga profilaktika choralarini koʻrish zarurligini tushuntirish maqsadida eʼlon qilingan.  Kasallik “Anopheles” chivinining urgʻochisi chaqishi natijasida, hamda zararlangan donor qonini quyganda, toʻla zararsizlantirilmagan tibbiy asboblar, bezgak bilan ogʻrigan homilador onadan tugʻish jarayonida yoʻldosh orqali yuqadi.  Kasallikning yashirin davri 7 kundan 3 yil va undan uzoqroqqa choʻzilishi mumkin. Kasallik odatda qaltirashdan boshlanadi. Lohaslik, darmonsizlik, junjikish, bosh va bel ogʻrigʻi, koʻngil aynish, ishtaha yomonlashishi holatlari kuzatiladi. Birinchi xuruj qilish tana haroratining 38-39 daraja va undan ham oshishi bilan boshlanadi.  Agar shunday kasallik belgilari namoyon boʻlsa, albatta tibbiy yordamga murojaat qilish kerak. Toʻgʻri tashxis qoʻyish uchun qonni bezgakka tekshirib koʻrish shart. Qonda bezgak parazitlari aniqlangan holda davolash muolajalarini tezda boshlash kerak. Bezgakni davolash uchun samarali dori-darmon vositalari mavjud.

  • 25 Aprel, 11:17
  • Batafsil
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech