17:30 (25.11.2025)
60
Chjeszan universiteti olimlari diabetni davolashni tubdan o‘zgartirishi mumkin bo‘lgan texnologiyani taqdim etdilar: ular insulinni teri orqali krem yordamida yetkazishga muvaffaq bo‘ldilar.
Nature jurnalida chop etilgan tadqiqotga ko‘ra, maxsus OP-I polimeri insulin molekulalarini teri to‘sig‘idan o‘tkaza oldi — bu avval molekulalarning katta o‘lchami va gidrofil xususiyatlari sabab deyarli imkonsiz deb hisoblanar edi.
Tadqiqot guruhi kremni inson teri modellarida sinab ko‘rdi. Natijalar odatiy inyeksiyalarga yaqin bo‘ldi: glyukoza darajasi 1-2 soat ichida normal holatga qaytdi va 12 soatgacha barqaror holatda saqlandi.
Polimer teri pH darajasiga qarab zaradini o‘zgartiradi: teri yuza qismida lipidlarga «yopishadi”, chuqurroq qatlamlarda esa zaradini yo‘qotib, insulinni organizm ichiga olib o‘tadi. Tanaga kirgandan so‘ng kompleks gormonni jigar, yog‘ va mushak to‘qimalariga bosqichma-bosqich ajratib boradi, bu esa yallig‘lanish belgilarisiz yumshoq va uzoq ta’sirni ta’minlaydi.
Mualliflar ta’kidlashicha, texnologiya nafaqat insulin, balki boshqa oqsil va nuklein preparatlarini yetkazib berish uchun ham mos kelishi mumkin. Klinik qo‘llanishgacha hali vaqt borligiga qaramay, ushbu natijalar diabetni «inyeksiyasiz” davolashga eng ishonchli qadamlardan biri sifatida baholanmoqda.