11:02 (23.11.2025)

98

Matbuot kotiblari uchun axborotga ega bo‘lish huquqi va strategik kommunikatsiya bo‘yicha o‘quv bo‘lib o‘tdi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Ommaviy axborot vositalari uchun kontent tayyorlash markazi bilan hamkorlikda vazirliklar va davlat tashkilotlarining matbuot kotiblari uchun maxsus o‘quv treninglari turkumi o‘tkazildi. Ushbu maxsus o‘quv treninglarda "Dori-Darmon" AK matbuot xizmati rahbari Kumush Pardayeva ham ishtirok etdi.

Xalqaro ekspertlar tomonidan olib borilgan ushbu treninglar pressa va axborot xizmati xodimlarining kasbiy salohiyatini oshirishga, fuqarolarning axborot olish huquqini xalqaro inson huquqlari standartlari asosida ta’minlashga, shuningdek davlat idoralari o‘rtasida strategik va inqirozli vaziyatlarda kommunikatsiyani kuchaytirishga qaratildi.

Treninglarda quyidagi yo‘nalishlar qamrab olindi:

· Axborotga ega bo‘lish huquqining universal inson huquqi sifatidagi o‘rni va davlat idoralari shaffofligi, hisobdorligi hamda jamoatchilik ishonchini oshirishdagi ahamiyati;

· Davlat organlarining axborot taqdim etish bo‘yicha majburiyatlari, ushbu huquqning qonuniy cheklanishlari va samarali axborot oshkor qilish amaliyoti;

· Strategik kommunikatsiyani rejalashtirish va idoralar o‘rtasida muvofiqlashtirish;

· Raqamli davrda dezinformatsiyaga qarshi kurash, jumladan sun’iy intellekt va yangi paydo bo‘layotgan tahdidlar.

Ushbu treninglar YUNESKO va Shveysariya Taraqqiyot va Hamkorlik agentligi (SDC) tomonidan moliyalashtirilayotgan “O‘zbekiston hukumati va fuqarolarini axborotga ega bo‘lish, institutlar hisobdorligi va media savodxonligini kuchaytirish orqali qo‘llab-quvvatlash” nomli YUNESKONING OAV dasturi (AIM) doirasida amalga oshirildi.

Loyiha O‘zbekistonning BMT Barqaror rivojlanish maqsadi 16.10 — jamoatchilikning axborotga ega bo‘lishini ta’minlash va asosiy erkinliklarni himoya qilish borasidagi maqsadlariga hissa qo‘shadi.

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech