14:03 (25.11.2025)

29

Dori vositalarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartibi belgilandi

Hukumat qarori (738-son, 24.11.2025 y.) bilan “Dori vositalarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartibi to‘g‘risida”gi nizom tasdiqlandi.

Nizomga ko‘ra, dori vositalari davlat ro‘yxatidan umumiy tartibda va tan olish yo‘li bilan o‘tkaziladi.

Quyidagilar ro‘yxatdan o‘tkaziladi:

- dori vositalari;

- O‘zbekistonda ro‘yxatdan o‘tkazilgan dori vositalarining yangi kombinatsiyalari;

- ilgari O‘zbekistonda ro‘yxatdan o‘tkazilgan, lekin boshqacha dori shakllarida, dozalarda yoki boshqa ishlab chiqaruvchi tomonidan ishlab chiqarilgan dori vositalari;

- ilgari O‘zbekistonda ro‘yxatdan o‘tkazilgan, turi, sifat tarkibi va (yoki) miqdoriy tarkibi, hujayra liniyasining biologik xususiyatlari va boshqa xususiyatlari o‘zgargan hujayra texnologiyasi asosida ishlab chiqarilgan biotexnologiya dori vositalari.

Dori vositalarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish natijalariga ko‘ra amal qilish muddati 5 yil bo‘lgan ro‘yxatdan o‘tkazilganlik guvohnomasi beriladi.

“Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi” davlat muassasasi Tibbiyot amaliyotida qo‘llanilishiga ruxsat etilgan dori vositalari va tibbiy jihozlar davlat reyestrini yuritadi.

Davlat reyestri Sog‘liqni saqlash vazirligi va Markazning rasmiy veb-saytiga joylashtiriladi.

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech