News

not found

Dunyoda qizamiqqa chalinish holatlari nega koʼpaymoqda?

Pandemiya Yer yuzi boʼylab immunizatsiya jarayonlarini keskin susaytirib yubordi. Аyniqsa, qatʼiy karantin cheklovlari, qolaversa, tibbiyot muassasalarining haddan ziyod bosim bilan ishlashi tufayli millionlab bolalar yuqumli kasalliklarga qarshi oʼz vaqtida emlanmay qolib ketdi. Masalan, 2021 yilda jahon boʼyicha 40 million oʼzil-qiz qizamiqning oldini olishga qaratilgan rejali vaktsinatsiyadan chetda qolgan. 25 million bola birinchi dozada, 14,7 million nafari esa ikkinchi dozada emlanmagan va bu rekord koʼrsatkichdir. Mana, oradan maʼlum vaqt oʼtib, ushbu holatlarning salbiy oqibatlari namoyon boʼlmoqda. Xususan, Jahon sogʼliqni saqlash tashkilotining Yevropa mintaqaviy byurosi roʼyxatiga kiruvchi davlatlardan 17 tasida 2023 yil boshidan qizamiqqa chalinish koʼrsatkichlari oʼsa boshlagan. Jumladan, fevralь oyi soʼngiga kelib, 900 ta shunday holat roʼyxatga olingan va bu 2022 yildagiga nisbatan sezilarli darajada yuqori. Oʼtgan yili qizamiqqa chalingan eng koʼp bemorlar Tojikiston (610 nafar), Turkiya (466 nafar) va Rossiya (414 nafar)da qayd etildi. Аvstriya, Serbiya, Buyuk Britaniyada esa joriy yil boshidan kasallanishlar soni koʼpaymoqda. Shundan kelib chiqqan holda, JSST koʼmagida aprelь oyi oxirida dunyo boʼylab jahon immunizatsiya haftaligi oʼtkazilmoqda. Eslatib oʼtamiz, hozir yurtimizda ham bu tadbir keng qamrovda davom ettirilyapti. Yaʼni joylarda oldini olish mumkin boʼlgan 13 turdagi yuqumli kasallikka qarshi immunizatsiya tadbirlari milliy emlash kalendariga muvofiq amalga oshirilmoqda.

  • 27 April, 11:42
  • Read more
not found

Qanday qoʼshimchalar uzoq umr koʼrishga yordam beradi?

Tibbiyot yutuqlari tufayli XXI asrda inson 100 yilgacha yashashi mumkin. Bunga erishish uchun muntazam ravishda shifokor huzuriga tashrif buyurish va sogʼliqni kuzatib borish kerak. Ratsionda barcha kerakli oziq moddalar, vitaminlar va mikroelementlar mavjudligini taʼminlash bir xil darajada muhim. Koenzim Q10. Tana hujayralari energiya ishlab chiqarish uchun ushbu moddadan foydalanadi. Miya (tana umumiy energiyasining 20-30 foizi), shuningdek, yurak va mushaklar uni juda koʼp isteʼmol qiladi. 30-40 yildan keyin koenzim Q10 ning tabiiy sintezi sekinlashadi, shuning uchun uni qoʼshimchalar shaklida isteʼmol qilish lozim. Omega-3. Omega-3 yog kislotalari yogʼ almashinuvini tartibga solishda ishtirok etadi va hujayra membranalarini shikastlanish hamda parchalanishdan himoya qiladi. Shuningdek, Omega-3 jigar, koʼzning toʼr pardasi, miya va boʼgʼimlarni mustahkamlashga yordam beradi. Bu moddani qabul qilish qon tomirlarining oʼtkazuvchanligini yaxshilaydi va yurakning chidamliligini oshiradi. Kollagen. Ushbu oqsil barcha biriktiruvchi toʼqimalar uchun asosdir. Kollagenni qabul qilish ajinlar paydo boʼlishini kechiktirishga va terini tekislashga yordam beradi, shuningdek, boʼgʼimlarni mustahkamlaydi. Zarchava (kurkuma). Bu mahsulot antioksidantlarning ajoyib tabiiy manbai boʼlib, hujayralarni erkin radikallarning shikastlanishidan himoya qiladi va yoshga bogʼliq oʼzgarishlarni sekinlashtiradi. Shuningdek, yalligʼlanishni toʼxtatishga va yurakni mustahkamlashga yordam beradi. Lyutein va zeaksantin. Ikkala modda ham koʼz sogʼligʼini saqlashda katta rolь oʼynaydi. Ular koʼzning toʼr pardasini erkin radikallarning oksidlanishidan va koʼk yorugʼlik nurlaridan (koʼpchilik ekranlardan keladigan) shikastlanishdan himoya qiladi. Shuningdek, koʼrish ravshanligini oshiradi va ranglarni idrok etishni yaxshilaydi. Yangi vositalardan foydalanishni boshlashdan oldin testlardan oʼtish (ular organizmda qaysi ozuqa moddalari yetishmayotganligini aniq koʼrsatib beradi) va shifokor bilan maslahatlashish kerak.

  • 27 April, 08:56
  • Read more
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech