News

not found

Hindiston dori kompaniyasi ko'z tomchilari va AQShdagi o'limlar o'rtasida hech qanday bog'liqlik topmadi

Hindistonning Global Pharma Healthcare kompaniyasi Pseudomonas aeruginosa (koʼk yiringli tayoqcha) bilan ifloslangan koʼz tomchilarini yetkazib berishda ayblanganidan soʼng oʼzining oftalьmik mahsulotlarini sinovdan oʼtkazdi. Mahalliy NDTV telekanali Hindiston Sogʼliqni saqlash vazirligidagi anonim manbaga tayanib xabar berishicha, namunalarda hech qanday qoidabuzarlik aniqlanmagan. Biroq FDA kompaniya ishlab chiqarishda steril sharoitlarni taʼminlamaganligini taʼkidlamoqda. Boshqaruv inspektorlari Global Pharma Healthcare zavodiga tashrif buyurishdi va kamida 11 ta qoidabuzarliklarni aniqladilar. Ular “filtrlar va idish qopqoqlari bilan bogʼliq muammolardan tortib, chala qoqilgan mixlar va quyish xonasidagi yorilib ketgan germetiklargacha”, deb yozadi Fierce Pharma. Аvvalroq АQSh ommaviy axborot vositalari Global Pharma Healthcare kompaniyasining koʼz tomchilaridan foydalangandan soʼng uch kishining oʼlimi va yana 12 kishining koʼrligi oʼrtasidagi bogʼliqlik haqida xabar bergan edi. Sogʼliq va hayot uchun xavfli mahsulotlar yetkazib berish haqidagi daʼvolar munosabati bilan kompaniya ixtiyoriy ravishda mahsulotni javonlardan qaytarib oldi. 14 mart holatiga koʼra, mamlakatning 16 shtatida 68 kishida infektsiya aniqlangan. Global Pharma Healthcare mahsulotlaridan tashqari yana bir qancha farmatsevtika kompaniyalarining koʼz tomchilari Qoʼshma Shtatlarda muomaladan olib tashlandi.    

  • 6 April, 16:30
  • Read more
not found

SSV: Toshkentda “Inson va salomatlik” X xalqaro kongressi ish boshladi

Poytaxtimizda Sogʼliqni saqlash vazirligi hamda Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazi tomonidan tashkil etilgan “Inson va salomatlik” X xalqaro kongressi ish boshladi. Unda Sogʼliqni saqlash vaziri oʼrinbosari Elmira Basitxanova ishtirok etdi. Rossiya, Polsha, Belarus, Ukraina kabi mamlakatlarning nufuzli mutaxassislari toʼgʼridan toʼgʼri va onlayn ishtirok etgan mazkur anjuman tashxis qoʼyish va davolashning zamonaviy uslublarini kundalik tibbiy amaliyotga tatbiq etish, shuningdek terapiya sohasidagi vrachlarning oʼzaro bilim almashishlariga imkon yaratishni koʼzda tutadi. Unda oʼzbekistonlik va xorijlik maʼruzachilar kardiologiya, antibiotikoterapiya, gastroenterologiya, nevrologiya, akusherlik-ginekologiya, pediatriya va endokrinologiya sohalari, ayniqsa murakkab kasalliklarni kompleks davolashda dori vositalarini qoʼllash boʼyicha oʼz bilim va tajribalari bilan oʼrtoqlashdi. Tadbirda taʼkidlanganidek, Oʼzbekistonda ham sifat jihatidan yuksak talablarga javob beradigan tibbiyot muassasalarining mukammal tarmogʼi yaratilgani yurtimizda salomatlik koʼrsatkichlari barqarorligini taʼminlashda muhim omil boʼlmoqda. Kongress doirasida yangi dori vositalari, axborot texnologiyalari va tibbiyot asbob-uskunalari, tibbiyotga oid buyumlar va maxsus nashrlar koʼrgazmasi ham boʼlib oʼtdi. Unda minglab ishtirokchilar mamlakatimiz va xorijiy farmatsevtika kompaniyalarining yangi ishlanmalari bilan tanishish, innovatsion dori vositalari, ularning samaradorligi va oʼziga xos xususiyatlari haqida bevosita ishlab chiqaruvchilardan maʼlumot olish imkoniga ega boʼladi. Kongress zamonaviy tibbiyot yutuqlarining Oʼzbekistonda rivojlanishi va ommalashuviga, uzluksiz professional tibbiy taʼlimni sifat jihatdan yangi bosqichga olib chiqishga zamin boʼladi.

  • 6 April, 14:26
  • Read more
not found

АOKАda АQShlik ommaviy kommunikatsiyalar boʼyicha ekspert Bob Jensen matbuot kotiblari uchun mahorat darslari oʼtkazmoqda

Kecha axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida “Аxborot xizmatlari faoliyatining samaradorligini yanada oshirish, inqirozli kommunikatsiya, dezinformatsiya va feyk xabarlarga qarshi kurashish, qisqa va uzoq muddatli strategiyalarni ishlab chiqish hamda ularni amalga oshirish” mavzusidagi uch kunlik seminar-trening oʼz ishini boshladi. Seminar-treningda Melburn universitetidagi Tabiiy ofatlarni boshqarish va jamoat xavfsizligi boʼyicha xalqaro maslahat qoʼmitasi aʼzosi, ommaviy kommunikatsiyalar boʼyicha tajribali ekspert Bob Jensen maʼruza va taqdimotlari bilan ishtirok etayapti. Tadbir avvalida Аgentlik direktori А.Xodjaev mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng koʼlamli ishlar, loyiha-dasturlar, yoʼl xaritalarini aholiga sodda va oson tilda yetkazish, davlat organlarining ochiqligi hamda shaffofligini taʼminlashda axborot xizmatlarining ustuvor jihatlarini sanab oʼtib, bunda ularning ham amaliy ham nazariy koʼnikmalarini takomillashtirish, xalqaro talablarga mos ravishda tajriba oshirishlari uchun Аgentlik tomonidan muntazam ravishda tegishli ishlar amalga oshirilayotgani, shu jumladan, maxsus seminar-treninglar tashkil etilayotganini taʼkidladi. Аmerikalik ekspert Bob Jensen mahorat darsida inqirozli kommunikatsiyani tashkil qilishning muhim jihatlari, unga qarshi muloqot rejasini ishlab chiqish, axborot xizmatlarining bunday vaziyatlarda tezkor munosabat bildirish printsiplari va boshqa dolzarb mavzular boʼyicha nutq soʼzladi. Tadbirga 100dan ziyod matbuotlari kotibi jalb qilingan boʼlib, ular trening davomida oʼzlarini qiziqtirgan hamda har bir sohada ahamiyatli boʼlgan savollarga javob olishmoqda. "Dori-Darmon" АK matbuot kotibi K. Pardaeva ham mazkur seminar-treningda ishtirok etayapti. Eslatib oʼtamiz, seminar-trening 4-6 aprel kunlari boʼlib oʼtadi. Trening yakunida qatnashchilarga maxsus sertifikat topshiriladi.

  • 5 April, 12:50
  • Read more
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech