11:30 (26.12.2023)
1037
01.05.2023-yil. “Sogʻliqni saqlash tizimini raqamlashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Prezident qarori (PQ–140-son) qabul qilindi.
Qaror bilan 2023–2025-yillarda sogʻliqni saqlash tizimini raqamlashtirish boʻyicha chora-tadbirlar rejasi tasdiqlandi.
Chora-tadbirlar rejasida, jumladan, quyidagilar nazarda tutilgan:
➖ “Elektron retsept” (reimbursatsiya) tizimini joriy etish;
➖ Sanatoriylarga yoʻllanma olish, navbatni kuzatish va mavjud boʻsh oʻrinlarni koʻrish imkoniyatini beradigan “Elektron sanatoriy” platformasini ishlab chiqish;
➖Onkologik kasalliklarga chalingan bemorlarning elektron roʻyxatini yuritishga moʻljallangan “Cancer-registr” axborot tizimini joriy etish;
➖Ona va bola salomatligi pasportining elektron tizimini yaratish;
➖Yagona portal orqali vaqtincha mehnatga layoqatsizlik varaqalari maʼlumotnomalarini olish imkoniyatini yaratish.