14:55 (23.01.2025)

49

2024-yilda 1589 nomdagi farmatsevtika mahsulotlari davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi

2024-yilda Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi tomonidan mahalliy va xorijiy ishlab chiqaruvchilarning umumiy 421 nomdagi dori vositasi, 1168 nomdagi tibbiy buyum va tibbiy texnikasi davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi.

Bu – 2023 yilgi ko‘rsatkichlarga nisbatan 30% foiz ko‘p demakdir!

Ma’lumot uchun bugungi kunda respublikamiz hududida farmatsevtika faoliyati bilan shug‘ullanish huquqiga ega bo‘lgan

- 12548 ta dori vositalari va tibbiy buyumlarni chakana realizatsiya qiluvchi tashkilotlar,

- 475 ta dori vositalarini ulgurji realizatsiya qiluvchi tashkilotlar,

- 141 ta dori vositalarini tayyorlovchi tashkilotlar hamda

- 68 ta dori vositalarini ishlab chiqaruvchi korxonalar faoliyat yuritmoqda.

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech