09:45 (13.01.2025)
329
Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi davlat buyurtmachilari tomonidan amalga oshirilayotgan xaridlarni doimiy ravishda monitoring tartibida o‘rganib bormoqda. Bu haqda agentlik axborot xizmati xabar qildi.
Monitoringlar 552,5 milliard so‘mlik 273 ta xaridni qamrab oldi. 234 ta holatda qonunga zid harakatlar aniqlanib, 263,9 mlrd so‘mlik xarid natijalari bekor qilindi.
O‘rganish natijalari yakunlari bo‘yicha vazirlik va idoralarga 257 ta taqdimnomalar kiritildi.
Xususan, Sog‘liqni saqlash vazirligiga 52 ta shunday murojaat yuborilgan, Transport vazirligiga — 30 ta, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligiga — 23 ta, Mahalliy davlat hokimiyati organlariga- 32 ta.
Bundan tashqari, xaridlar natijalari yuzasidan huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat organlariga 273 ta so‘rovnoma yuborildi.
Qonunchilik talablarini buzgan 104 nafar shaxs ma’muriy, 85 nafar shaxs intizomiy javobgarlikka tortildi.