09:00 (04.12.2024)
928
2019–2023-yillarda respublikamizda giyohvandlik va psixotrop moddalar bilan bog‘liq sodir etilgan jinoyatlarning 22—25 foizi yoshlar (30 yoshgacha) tomonidan sodir etilgan. Mazkur ko‘rsatkich joriy yilning o‘tgan 8 oyida esa 33,4 foizni tashkil etgan.
Yoshlar orasida “Tropikamid”, “Pregabalin” (“Lirika”, “Regapen” va “Lipre”), “Zaleplon” (“Selofen”) kabi kuchli ta’sir qiluvchi preparatlar va tarkibida giyohvandlik vositasi bo‘lgan “Tramadol” dori vositalari keng tarqalgan. 2021–2023-yillarda bu kabi 13,8 tonna giyohvandlik vositalari musodara qilindi.
Qayd etish joiz, so‘nggi vaqtlarda onlayn platformalar giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarning noqonuniy savdosi uchun qulay axborot maydoniga aylanib bormoqda.
Ta’kidlanganidek, Internet makonida giyohvandlik vositalari va psixoaktiv moddalar savdosiga ixtisoslashgan 52 ta axborot manbai aniqlangan. Ularning 14 tasi veb-saytlarda, 38 tasi esa telegram messenjeri orqali faoliyat yuritgan.
Telegram messenjerida shu mazmunda 38 ta axborot manbai aniqlangan. Ularning umumiy auditoriyasi 119 671 nafar foydalanuvchini tashkil etgan.