09:00 (07.12.2023)
1532
Har kim sogʼligʼini saqlash va malakali tibbiy xizmatdan foydalanish huquqiga ega.
Oʼzbekiston Respublikasi fuqarolari tibbiy yordamning kafolatlangan hajmini qonunda belgilangan tartibda davlat hisobidan olishga haqli.
Davlat sogʼliqni saqlash tizimini, uning davlat va nodavlat shakllarini, tibbiy sugʼurtaning har xil turlarini rivojlantirish, aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligini taʼminlash choralarini koʼradi.
Davlat jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish, aholi oʼrtasida sogʼlom turmush tarzini shakllantirish uchun shart-sharoitlar yaratadi.