08:53 (29.01.2025)

416

56 turdagi sifati kafolatlanmagan dori vositalarini saqlagan dorixonaga chora ko‘rildi

Farmatsevtika faoliyatini litsenziyalash va nazorat qilish boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan nazorat tadbirlarida Toshkent shahar, Shayxontoxur tumani, Bo‘ston MFY, Paxtachi ko‘chasi manzilida joylashgan "JAMSHID IMPERIUM" MCHJga tegishli dorixonaning litsenziya talab va shartlarini buzganlik holati aniqlandi.

Tegishli muvofiqlik sertifikatiga ega bo‘lmagan 56 turdagi dori vositasini realizatsiya qilish maqsadida saqlagan "JAMSHID IMPERIUM" MCHJning litsenziyani bekor qilish to‘g‘risida Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazining Toshkent tumanlararo iqtisodiy sudiga kiritgan da’vo arizasi sudning tegishli hal qiluv qarori bilan qanoatlantirildi.

Hamda "JAMSHID IMPERIUM" MCHJga dori vositalari va tibbiy buyumlarni chakana realizatsiya qilish uchun 2022-yil 8-noyabrda berilgan 047204-sonli litsenziya bekor qilindi.

Amaldagi qonunchilik hujjatlariga muvofiq, mazkur dorixona litsenziyasi tugatilgan dorixonalar manzillari va qonun buzilishlariga bevosita aloqador xodimlar (provizorlar, farmatsevtlar) ning yagona reyestriga kiritilganligini ma’lum qilamiz- deyiladi Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi axborot xizmati xabarida.

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech