09:03 (09.05.2025)

81

9-may – Xotira va qadrlash kuni

9-may - Xotira va qadrlash kuni - g‘urur va qayg‘u kunimiz, jang maydonlarida jasorat bilan kurashgan, front ortida sabr-toqat va qat’iyatlilik, mehribonlik hamda rahm-shafqat ko‘rsatgan zamonamizning xaqiqiy qahramonlariga har bir fuqarolarimiz tomonidan cheksiz minnatdorchilik bildirish kunidir.

Ikkinchi jahon urushiga 1 million 950 mingdan ziyod o‘zbekistonliklar safarbar etilgan, ulardan 538 mingdan ko‘prog‘i halok bo‘lgan, 158 mingdan ortig‘i bedarak yo‘qolgan, 870 mingdan ortig‘i turli jarohatlar olgani, 60 ming nafardan ziyod yurtdoshlarimiz esa nogiron bo‘lib qaytgan.

Bu raqamlar g‘alaba xalqimiz uchun naqadar qimmatga tushganini ko‘rsatadi.

“Dori-Darmon”AK bugungi qutlug‘ sana bilan yurtimiz ahlini, ikkinchi jahon urushi qatnashchilari, mehnat faxriylari va barcha yurtdoshlarimizni samimiy muborakbod etadi.

Yurtimiz hamisha tinch va osmonimiz musaffo bo‘lsin!

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech