Yangiliklar

not found

Prezident "Oʼzbekiston – 2030" strategiyasi toʼgʼrisidagi farmonni imzoladi

Farmon bilan Yangi Oʼzbekiston taraqqiyot strategiyasini amalga oshirish jarayonida orttirilgan tajriba va jamoatchilik muhokamasi natijalari asosida ishlab chiqilgan "Oʼzbekiston – 2030" strategiyasi tasdiqlandi. «Oʼzbekiston – 2030» strategiyasida quyidagi asosiy gʼoyalar aks ettirilgan: - barqaror iqtisodiy oʼsish orqali daromadi oʼrtachadan yuqori boʼlgan davlatlar qatoridan oʼrin olish;- aholi talablariga va xalqaro standartlarga toʼliq javob beradigan taʼlim, tibbiyot va ijtimoiy himoya tizimini tashkil qilish;- aholi uchun qulay ekologik sharoitlarni yaratish;- xalq xizmatidagi adolatli va zamonaviy davlatni barpo etish;- mamlakatning suvereniteti va xavfsizligini kafolatli taʼminlash. "Oʼzbekiston – 2030" strategiyasini amalga oshirish va uning maqsadli koʼrsatkichlariga erishish barcha davlat organlari va tashkilotlari faoliyatida eng ustuvor vazifa etib belgilandi hamda bu boʼyicha ularning birinchi rahbarlariga shaxsiy masʼuliyat yuklandi. "Oʼzbekiston – 2030" strategiyasini amalga oshirish boʼyicha Respublika komissiyasi tarkibi tasdiqlandi. Respublika komissiyasi (А.Аripov) zimmasiga: a) Oʼzbekiston – 2030» strategiyasining toʼliq, oʼz vaqtida va sifatli bajarilishini tashkil etish, shuningdek, uni amalga oshirish boʼyicha tegishli yillik dasturlarni tayyorlash va ijrosini muvofiqlashtirish; b) Oʼzbekiston – 2030» strategiyasi doirasidagi islohotlar boʼyicha tadbirlarning aholi tomonidan bildirilgan fikr va tashabbuslar asosida sifatli amalga oshirilishi, belgilangan koʼrsatkichlarga erishilishini nazorat qilib, natijasi yuzasidan har yarim yilda Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentiga axborot kiritilishini taʼminlash; v) ikki oy muddatda:- Yangi Oʼzbekiston taraqqiyot strategiyasining joylarda amalga oshirilishi natijalari tanqidiy oʼrganilishini;- aholi oʼrtasida Yangi Oʼzbekiston taraqqiyot strategiyasini amalga oshirish natijalari keng muhokama qilinishi, fuqarolarning mazkur masala boʼyicha takliflari tizimlashtirilgan holda tahlil etilishini;- oʼtkazilgan oʼrganishlar natijasiga koʼra, Yangi Oʼzbekiston taraqqiyot strategiyasida belgilangan maqsad va vazifalarni roʼyobga chiqarishga toʼsqinlik qilayotgan tizimli omillarni aniqlash va Oʼzbekiston – 2030» strategiyasini amalga oshirish doirasida ularning oldini olish boʼyicha aniq choralar koʼrilishini taʼminlash vazifalari yuklandi. «Oʼzbekiston – 2030» strategiyasi – xalq strategiyasi» shiori ostida belgilangan islohotlarning izchil, sifatli va oʼz vaqtida bajarilishi yuzasidan samarali jamoatchilik nazoratini oʼrnatish maqsadida "Taraqqiyot strategiyasi" markazi Raqamli texnologiyalar vazirligi bilan birgalikda ikki hafta muddatda "Oʼzbekiston – 2030" strategiyasi ijrosining taʼminlanish darajasi, unda belgilangan islohotlarning sifatli amalga oshirilishini aholi tomonidan har bir maqsad va undagi koʼrsatkichlar kesimida baholash, ular yuzasidan oʼz fikrlarini qoldirish va tashabbuslar bildirish imkoniyatini yaratuvchi onlayn portalni ishga tushirishi belgilandi. Har oyda baholash natijalari va aholidan kelib tushadigan fikr-mulohazalar umumlashtirilib, Respublika komissiyasiga taqdim etib boriladi.

  • 12 Sentyabr, 11:01
  • Batafsil
not found

Miyada yangi turdagi gibrid hujayralar aniqlandi

Xalqaro olimlar jamoasi miya hujayralarining ilgari nomaʼlum turini topdi. Ular neyronlar va astrotsitlar orasida mavjud boʼlib, ikkalasining xususiyatlariga ega, shuning uchun ular nevrologik funktsiyalarda faol rol oʼynashi va atrofdagi asab toʼqimalariga taʼsir qilishi mumkin. Astrotsitlar yelim kabi neyron kanallarni oʼrab olgan miya hujayralaridir. Uzoq vaqt davomida ular butunlay passiv va faqat neyronlarni himoya qilish uchun kerak deb hisoblangan. Ammo keyinchalik maʼlum boʼldiki, astrotsitlar miyadagi asosiy neyromediator boʼlgan glutamatni chiqarib, neyronlarning faollashishiga hissa qoʼshadi. Buyuk Britaniya va Yevropa olimlari yangi tadqiqot davomida sichqonlar miyasida ilgari nomaʼlum boʼlgan “gibrid” hujayralarni topdilar. Ular gippokampdagi toʼqqizta astrotsit toʼplamini aniqladilar va eʼtiborlarini ulardan biriga qaratdilar. U alohida lokalizatsiya qilingan va maxsus molekulyar mexanizmlarga ega edi. "Bu neyronlarning faolligini modulyatsiya qiluvchi, shuningdek, neyronlarning aloqa va qoʼzgʼalish darajasini nazorat qiluvchi hujayralardir", deb tushuntirdi nevrologlar. Gibrid hujayralar yoʼq qilingandan soʼng, sichqonlarda xotira muammolari paydo boʼldi. Kelajakda olimlar glutamatergik astrotsitlarning (shunday nom berilgan) Altsgeymer kasalligi va xotira bilan bogʼliq boshqa kasalliklarning rivojlanishidagi rolini oʼrganish niyatida, deb xabar bermoqda Nature. 

  • 12 Sentyabr, 09:01
  • Batafsil
not found

Oʼzbekiston va АQSh dori vositalari xavfsizligi boʼyicha hamkorlik qiladi

Oʼzbekiston va АQSh oʼrtasida xavfsiz va sifatli dori vositalaridan foydalanish imkoniyatini kengaytirish boʼyicha anglashuv memorandumi imzolandi. Ushbu muhim hujjat Toshkentda ilk bor tashkil etilgan Oʼzbekiston–АQSh sogʼliqni saqlash forumida maʼqullangan. Oʼzbekiston sogʼliqni saqlash vaziri Аmrillo Inoyatov va АQSh Xalqaro taraqqiyot agentligining (USAID) mamlakatimizdagi vakolatxonasi rahbari Devid Hoffman imzo chekkan hujjat Oʼzbekistonda sil va boshqa kasalliklarga qarshi dori vositalaridan xavfsiz va sifatli foydalanish imkoniyatini kengaytirish, farmatsevtika tarmogʼi ravnaqini qoʼllab-quvvatlashga qaratilgan. «Memorandum ikki hukumatning barcha uchun salomatlikni yaxshilash boʼyicha umumiy maqsadlarga erishishda hamfikr ekanini yana bir karra tasdiqlaydi», – deyiladi АQSh elchixonasi xabarida. USAID Oʼzbekistondagi milliy manfaatdor tomonlar va hamkorlar bilan dori vositalari sifatini taʼminlash tizimini barqaror mustahkamlash hamda fuqarolarning sifati kafolatlangan dori vositalari va tibbiy buyumlardan foydalanish imkoniyatlarini yaxshilash maqsadida yaqindan hamkorlik qiladi. Bu borada АQSh farmakopeyasi tomonidan amalga oshirilayotgan «Sifatli dori vositalarini targʼib qilish+» dasturi asosiy oʼrin tutadi. Sogʼliqni saqlash vaziri Аmrillo Inoyatov va АQShning yurtimizdagi favqulodda va muxtor elchisi Jonatan Henik imzolagan kelishuvga koʼra esa, Oʼzbekiston АQSh Global sogʼliqni saqlash xavfsizligi dasturining 50 ta hamkor mamlakatidan biriga aylanadi.

  • 11 Sentyabr, 16:06
  • Batafsil
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech