14:50 (16.11.2023)

1433

Olimlar roʼza tutish qondagi qand miqdorini normallashtirishda samarali ekanligini aniqladilar

Аmerikalik olimlar vaqti-vaqti bilan roʼza tutish qandli diabet bilan ogʼrigan odamlarda vazn yoʼqotishda va qondagi qand miqdorini normallashtirishda samarali ekanligini aniqladilar. Tadqiqot JAMA Network Open jurnalida chop etildi.

"Biz vaqt bilan cheklangan ovqatlanish dietaga koʼra samaraliroq muqobil ekanligini aniqladik. Vaqti-vaqti bilan roʼza tutish dietaga rioya qila olmaydigan yoki bunday turmush tarzidan charchagan odamlar uchun mos keladi. Bu juda tabiiy: vaqtni oʼlchash kaloriyalarni oʼlchashdan koʼra osonroqdir "- dedi professor Krista Varadi.

Professor Varadi va uning hamkasblari 2-toifa qandli diabet va semirib ketgan 75 nafar bemor ishtirokidagi klinik sinovdan soʼng shunday xulosaga kelishdi. Ularning barchasi ortiqcha vazndan xalos boʼlishga, shuningdek, dietalar orqali qondagi qand miqdorini kamaytirishga harakat qilishdi.

Olimlar koʼngillilarni ikki guruhga boʼlishdi. Ulardan biri kunlik ratsiondagi kaloriya miqdorini chorak qismga kamaytiradigan parhezga rioya qilishdi. Ikkinchi guruh aʼzolari boshqacha harakat qilishdi: ular faqat maʼlum vaqt -12 dan 20 soatgacha oraligʼida ovqat isteʼmol qilishdi. Shifokorlar olti oy davomida koʼngillilarning sogʼligʼidagi oʼzgarishlarni kuzatdi, shundan soʼng ular klinik sinovlar natijalari jamlandi.

Tadqiqot natijalari shuni koʼrsatdiki, roʼza kaloriyali taomlarni cheklashdan koʼra sezilarli darajada samaraliroq. Bu oʼrtacha, koʼngillilarda vaznini 3,6% ga kamaytirishga imkon berdi, bu past kaloriyali dietadagi (1,8%) tajriba ishtirokchilarinikidan ikki baravar koʼpdir. Bundan tashqari, olimlar qon shakar darajasi bilan bogʼliq glikatlangan gemoglobin va boshqa biomarkerlar kontsentratsiyasining pasayishini qayd etdilar.

Tadqiqotchilarga koʼra, roʼza tutish-maʼlum vaqt oraligʼida ovqatlanish 2-toifa diabetni davolashda anʼanaviy parhezlardan koʼra ustun ekanligini koʼrsatadi. Olimlar koʼproq koʼngillilar ishtirokidagi keyingi klinik sinovlarni oʼtkazadi, ular keyingi sinov natijalari diabetni davolashda ushbu yondashuvdan kengroq foydalanishga yoʼl ochadi, deb umid qilmoqda.

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech