Yangiliklar

not found

Radiofarmatsevtik vositalar bozori 2029-yilga kelib 13 milliard dollardan oshishi kutilmoqda

Onkologik kasalliklarni diagnostikalash uchun mo‘ljallangan radiofarmatsevtik vositalar bozori 2029-yilga kelib 13 milliard dollardan oshishi kutilmoqda. 2029-yilga kelib onkologik kasalliklarni diagnostics qilishda foydalaniladigan radiofarmdorilar jahon bozori hajmi 13 milliard dollardan oshishi kutilmoqda. Bu haqda Rossiya Fanlar akademiyasi akademigi, Kurchatov nomidagi ilmiy markazning Yadroviy tibbiyot bo‘yicha ilmiy-ta’lim markazi ilmiy rahbari Sergey Deyev ma’lum qildi. «2024 yilda diagnostik dori vositalari bozori taxminan 10 milliard dollarni tashkil etdi. Bu juda katta raqam. 2029-yilga kelib u 13 milliard dollardan oshadi”, — dedi Sergey Deyev TASSDA bo‘lib o‘tayotgan Fanlar akademiyasi kengashining ochiq majlisida. Uning so‘zlariga ko‘ra, radiofarmatsevtik vositalar bo‘yicha eng tez o‘suvchi bozor — Osiyo-Tinch okeani mintaqasi, eng yirigi esa — Shimoliy Amerika hisoblanadi. Sergey Deyev ta’kidlashicha, Rossiyada o‘lim sabablari orasida rak xastaligi yurak-qon tomir kasalliklaridan keyin ikkinchi o‘rinni egallaydi. Mutaxassis bu holatning sabablaridan biri sifatida odamlar umr ko‘rish davomiyligining oshganini ko‘rsatdi. «Har bir inson organizmida — yosh bo‘ladimi, qarimi — kuniga taxminan 2 mingta mutatsiya yuz beradi. Organizm yosh paytida bunga qarshi kurasha oladi, lekin yosh o‘tgani sayin immun tizimi zaiflashadi”, — deya tushuntirdi olim. Biroq radiofarmatsevtik vositalarning qo‘llanish doirasi kengroq bo‘lishi mumkin. Masalan, teranostika sohasida bunday vositalar nafaqat saratoni hujayralarini aniqlaydi, balki ularni yo‘q qiladi ham.

  • 7 Oktyabr, 09:00
  • Batafsil
not found

So‘nggi 8 yilda farmatsevtika sanoatida qanday o‘zgarishlar bo‘ldi?

Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi ma’lumotiga ko‘ra, so‘nggi 8 yilda farmatsevtika sanoati jadal rivojlanib, strategik tarmoqlardan biriga aylandi. 2017–2024 yillarda sohani rivojlantirish bo‘yicha 50 dan ortiq hujjatlar qabul qilindi. Xususan: - “Farmatsevtika tarmog‘ida islohotlarni chuqurlashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risi”da O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori (PQ-4554) qabul qilinib, 2020-2024 yillarda farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish konsepsiyasi; - «Tashkent Pharma Park” innovatsion ilmiy-ishlab chiqarish farmatsevtika klasterini tashkil etish konsepsiyasi tasdiqlandi. Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2022-2026 yillarda respublikaning Farmatsevtika tarmog‘ini jadal rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi (PF-55) farmoniga binoan farmatsevtika tarmog‘iga bir qancha imtiyozlar berildi. Jumladan, farmatsevtika mahsulotlari ishlab chiqaruvchi tashkilotlarni qo‘llab-quvvatlash va zarur GXP amaliyotlari talablarini tizimli joriy etish maqsadida: - "Zarur ishlab chiqarish amaliyoti (GMP)" va ISO:13485 sertifikatiga ega mahalliy korxonalarga mahsulotlarni ro‘yxatdan o‘tkazishda yengillik berildi; - mahalliy ishlab chiqaruvchi korxonalar mahsulotlarini xorijda ro‘yxatdan o‘tkazish xarajatlarining 75%ni Farmatsevtika tarmog‘ini qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamg‘armasidan qoplab berish yo‘lga qo‘yildi. 2017-2024 yillarda O‘zbekiston farmatsevtika bozori hajmi 1,8 baravarga oshib, 2 mlrd doll.ni tashkil etdi. Mahalliy farmatsevtika mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi 1,8 baravarga o‘sib, 2024-yil yakunida 4,7 trln so‘mni tashkil etdi. Xususan, dori vositalari ishlab chiqarish 1,5 baravarga, tibbiy jixozlar ishlab chiqarish esa 3 baravarga ko‘paydi. Shuningdek, ishlab chiqarilayotgan mahalliy farmatsevtika mahsulotlari soni 2 777 taga yetdi. Mahalliy ishlab chiqaruvchilar soni 2017-yildagi 146 tadan 2024-yilda 202 taga yetdi. Ulardan 61 tasi dori-darmon vositalari, 38 tasi tibbiy uskunalar, 103 tasi esa tibbiy buyumlar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan. Yangi ishlab chiqarish quvvatlarining yaratilishi va mavjud korxonalarni modernizatsiya qilish orqali sohaning ichki ehtiyojlarni qondirish salohiyati sezilarli darajada oshdi. Mahalliy mahsulotlar hisobiga ichki talabni qoplash darajasi 32% dan 42%ga yetdi. 2017–2024 yillar davomida farmatsevtika sohasiga kiritilgan umumiy investitsiyalar hajmi 6 baravarga o‘sib, 2024-yilda 310 mln dollarni tashkil etdi. Bundan 158 mln dollar to‘g‘ridan-to‘g‘ri chet el investitsiyalar hisoblanadi. Ushbu mablag‘lar zamonaviy texnologiyalarni jalb qilish, xalqaro standartlarni joriy etish va sifat nazorati tizimini takomillashtirish, yangi ishlab chiqarish loyihalarini amalga oshirishga yo‘naltirildi. Xususan, 2024-yilda tarmoqda qiymati 92 mln dollarlik 28 ta loyihalar amalga oshirildi, 800 mlrd so‘mlik qo‘shimcha ishlab chiqarish hajmlari va 1 400 ta yangi ish o‘rinlari yaratildi. Eksport salohiyati ham sezilarli darajada kengaydi. Agar 2017-yilda farmatsevtika mahsulotlari eksporti 18,3 mln doll. bo‘lgan bo‘lsa, 2024-yilda bu ko‘rsatkich 9 baravarga oshib, 165 million dollarga yetdi. Xalqaro hamkorlik geografiyasi kengayib, 50 ta xorij davlatlariga farmatsevtika mahsulotlarni eksport qilish yo‘lga qo‘yildi. Bunday aloqalar milliy mahsulotning tashqi bozorlarda raqobatbardoshligini yanada mustahkamladi. Ishlab chiqarishda sifat va xavfsizlikni ta’minlash maqsadida barcha korxonalarga GMP (Good Manufacturing Practice) sertifikati talabi qo‘yildi. 2020-yilda 10 ta korxona GMP talablariga javob bergan bo‘lsa, Bugungi kunda ularning soni 61 taga yetdi. Hozirda faoliyat yuritayotgan ishlab chiqarish korxonalarining 100%da GMP sertifikatlari mavjud. Shuningdek, ISO 9001:2015 standarti bo‘yicha sertifikatlangan korxonalar soni 74 foizga o‘sib, 59 taga yetdi. Umuman olganda, farmatsevtika sanoati O‘zbekistonda texnologik jihatdan ilg‘or, investitsiyaviy jozibador va eksportbop sohalardan biriga aylanmoqda. Hukumat bu yo‘nalishdagi islohotlarni izchil davom ettirib, farmatsevtika tarmog‘ini qo‘llab-quvvatlash, xorijiy investitsiyalarni keng jalb qilish, eksportni rag‘batlantirish va ilg‘or ishlab chiqarish texnologiyalarini joriy etishga ustuvor ahamiyat qaratmoqda.

  • 6 Oktyabr, 10:00
  • Batafsil
not found

O‘zbekistonda 6 tonna sifati talabga javob bermaydigan osh tuzi aniqlandi

Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining ma’lumotiga asosan bugungi kunda yer yuzida 2 milliard aholi yod tanqis hududlarda istiqomat qilmoqda. 655 million aholi endemik buqoq kasalligiga chalingan. Yod tanqisligi sababli 43 million aholida bosh miya faoliyatining buzilishi va aqlan zaiflik holati kuzatilmoqda. Uzoq yillar davomida yod yetishmasligi holatlarini oldini olishga qaratilgan profilaktik tadbirlar olib borilishiga qaramay jahonning ko‘p davlatlarida, shu jumladan O‘zbekiston Respublikasi aholisi o‘rtasida ham yod yetishmasligi muammolari mavjud. Tuzni yodlash dasturi aholini yod yetishmasligidan himoya qilishning eng samarali va arzon yo‘li hisoblanadi. Bu amaliyotda osh tuziga kichik miqdorda yod qo‘shiladi va natijada qalqonsimon bez kasalliklari hamda bolalarda aqliy rivojlanishdagi orqada qolish holatlari oldini olinadi. Standartlarga ko‘ra, 1 tonna osh tuziga 20 — 40 g kaliy yodat qo‘shiladi. Xalqaro ma’lumotlarga ko‘ra, bu dastur tufayli 1990–2020 yillar oralig‘ida yod yetishmasligi kuzatiladigan mamlakatlar soni keskin kamaygan. Bugungi kunda 120 dan ortiq davlatda tuzni majburiy yodlash tizimi joriy qilingan bo‘lib, mazkur dasturning samarali amal qilishi sifat nazorati va qonunchilik asosida ta’minlanishi lozim. O‘zbekistonda joriy yil boshidan buyon sifati talabga javob bermaydigan 6 tonnadan ortiq osh tuzi aniqlangan. Bu haqda Sanitariya-epidemiologiya qo‘mitasi xabar berdi. Qayd etilishicha, qo‘mitaning hududiy boshqarmalari va tuman (shahar) bo‘limlaridagi sanitariya-gigiyena laboratoriyalarida yil boshidan buyon jami 4411 ta osh tuzi namunalari tekshirilgan, shundan 1306 tasi talabga javob bermagan. Aniqlik kiritilishicha, ushbu namunalarning 19 tasi ishlab chiqarish korxonalariga, 182 tasi savdo va umumiy ovqatlanish korxonalaridan hamda 1105 tasi Maktabgacha ta’lim tashkiloti, maktablar va DPMlarga to‘g‘ri keladi. Sifati talabga javob bermaydigan 6042,5 kg osh tuzi realizatsiya qilishdan to‘xtatilib, osh tuzini ishlab chiqaruvchi korxonalarga qayta yodlashga jo‘natildi. Shuningdek, 1 ta korxona faoliyati vaqtincha to‘xtatilgan. Shuningdek, aniqlangan holatlar yuzasidan jami 31 ta ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi bayonnoma rasmiylashtirilgan.

  • 2 Oktyabr, 09:30
  • Batafsil
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech