Yangiliklar

not found

TalabaExpo-2025 yirik kasb yarmarkasi

TalabaExpo-2025 — bu oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilarini ish bilan ta’minlash, ularning biznes g‘oyalarini qo‘llab-quvvatlash, shuningdek, yosh mutaxassislar bilan yirik ish beruvchilar o‘rtasida samarali muloqot maydonini yaratishga qaratilgan keng ko‘lamli tashabbus. O‘zbekiston Prezidentining 2025-yil 14-fevraldagi PQ-61-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida, tashkil etilgan yarmarka bugun o‘z ishi boshladi. Mazkur tadbir Zakovat Arena binosi atrofida bo‘lib o‘tib, respublika hududlaridan 700dan ortiq yirik ish beruvchi kompaniyalar, davlat va tijorat banklari o‘zlarining bo‘sh ish o‘rinlari bilan ishtirok etmoqda. Xususan, O‘zbekistondagi yirik farmatsevtika kompaniyalaridan biri bo‘lgan, bir asrlik tarixga ega "Dori-Darmon" aksiyadorlik kompaniyasi va "O‘zbekiston Dori ta’minoti" MCHJ ham mavjud bo‘sh ish o‘rinlari bilan ishtirok etayapti. Bitiruvchi talabalar kompaniyadagi mavjud bo‘sh ish o‘rinlari doirasida kompaniya tomonidan beriladigan imkoniyatlar, sharoitlar,  ijtimoiy himoya va tabiiyki oylik maoshiga qiziqish bildirmoqda. Mutaxassislar bitiruvchi talabalarni qiziqtirgan savollariga batafsil javob berib berishmoqda. TalabaExpo-2025 festivalida ishtirok etish orqali bitiruvchi talabalar quyidagi imkoniyatlarga ega bo‘ladilar: • Iqtisodiyotning yetakchi sohalaridagi kasbiy rivojlanish istiqbollari bilan tanishish; • HR bo‘limi vakillari bilan dastlabki suhbatdan o‘tish; • Yosh mutaxassislarga qo‘yiladigan talablar haqida ma’lumot olish; • Biznes-rejalarni ishlab chiqish va moliyalashtirish bo‘yicha maslahatlar olish. Bitiruvchi bosqichdagi barcha talabalarni 21-23-may kunlari bo‘lib o‘tadigan ushbu muhim tadbirda ishtirok etishga taklif etib qolamiz.

  • 21 May, 13:37
  • Batafsil
not found

Milk yalligʼlanishi xavfli kasallikka sabab boʼlishi mumkin

Doktor Guseva: milk yalligʼlanishi yurak muammolarini keltirib chiqarishi mumkin Milk kasalligiga sabab boʼlgan bakteriyalar yurak kasalliklari va boshqa sogʼliq bilan bogʼliq muammolarga sabab boʼlishi mumkin- bu haqda shifokor, Pirogov universiteti stomatologiya instituti direktori oʼrinbosari Olga Guseva “Gazeta.Ru”ga maʼlum qildi. Eng keng tarqalgan tish kasalliklari karies va parodontit (tishni oʼrab turgan toʼqimalarning yalligʼlanishi). Ularning asosiy sababi mikroorganizmlardir. “Parodontitni keltirib chiqaradigan bakteriyalar milk toʼqimasini yoʼq qiladi, natijada bu bakteriyalarni qon tomirlariga kirib, butun tanaga tarqalishiga imkon beradi. Shunday qilib, bakteriyalar qon oqimi bilan yurak, buyrak va boshqa organlarga yetib boradi. Mikroorganizmlar qon tomirlari va yurakning aterosklerotik plitalariga joylashib, yalligʼlanishni, shu jumladan yurak mushagini keltirib chiqarishi mumkin. Bakteriyalarning qon oqimida boʼlishi yurak ishemik kasalliklarini rivojlanish xavfini sezilarli darajada oshirishi mumkin, - dedi shifokor. Parodontitda topilgan bakteriyalar nafaqat yurak-qon tomir patologiyasini, balki diabet, pielonefrit, revmatoid artrit, Alьtsgeymer kasalligi, ogʼiz boʼshligʼi, qiziloʼngach, ichak saratoni rivojlanishiga hissa qoʼshishi mumkin. «Ogʼiz gigienasiga qatʼiy amal qilish parodontit rivojlanishining oldini olishning eng muhim omilidir. Tish gigienasi nafaqat choʼtka va tish pastasidan, balki tish boʼshliqlari va yonlarini tozalaydigan maxsus mahsulotlardan foydalanishni talab qiladi va bu mahsulotlar tish shifokori tomonidan individual ravishda tanlanishi kerak ", - deya xulosa qildi shifokor.

  • 20 May, 15:00
  • Batafsil
not found

Reimbursatsiya dasturi doirasida qaysi kasalliklar uchun dori vositalari elektron retsept asosida beriladi?

Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Kasalliklarni ambulator sharoitda davolashda dori vositalari xarajatlarini qoplash boʼyicha reimbursatsiya dasturi toʼgʼrisidagi nizomni tasdiqlash haqida" qaroriga koʼra, dori vositalarini oilaviy shifokorning elektron retsept asosida bepul olish mumkin. Reimbursatsiya (reimbursement) ingliz tilidan olingan boʼlib, “xarajatlarni qoplash” maʼnosini anglatadi. Yaʼni, reimbursatsiya dasturida birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalarida surunkali kasalliklarni ambulator sharoitda davolash uchun qabul qilinadigan dori vositalari uchun dorixona xarajatlarini Davlat tibbiy sugʼurtasi jamgʼarmasi qoplaydi. Surunkali kasalliklar: gipertoniya kasalligi – qon bosimi oshishi bilan kechuvchi kasallik boʼlib, koʼp hollarda koʼyidagi asoratlarini keltirib chiqaradi: yurak infarkti, insulьt va boshkalar; yurak ishemik kasalligi – yurak hususiy qon-tomirlarining oʼtkir yoki surunkali bekilib kelishi natijasida yurak mushaklarining kislorod bilan taʼminlanishi buzilishiga aytiladi. qandli diabetning ikkinchi turi – inson tanasi hujayralarining insulinga taʼsirchanligi keskin pasayishi natijasida glyukoza oʼzlashtirilishi buzilishiga aytiladi; bronxial astma – nafas yoʼllari surunkali yalligʼlanish kasalligi boʼlib, quyidagi belgilar bilan kechadi: hushtaksimon xirillash, nafas siqishi, koʼkrakda ogʼirlik va yoʼtal; oʼpkaning surunkali obstruktiv kasalligi – oʼpka va nafas yoʼllarida havo oqimi tezligini keskin pasayishi xamda zararli zarrachalar yoki gazlar taʼsiriga nisbatan surunkali yalligʼlanish jarayonini faollashishi bilan kechadigan jarayon. Yuqorida keltirilgan surunkali kasalliklarga chalingan dispanser nazoratida turuvchi bemorlar oilaviy shifokor elektron retsepti asosida bepul dori vositalarini olish huquqiga ega. Dori vositalari Davlat tibbiy sugʼurtasi jamgʼarmasi bilan shartnoma asosida xizmat koʼrsatuvchi dorixonalarda beriladi. Dorixona tomonidan reimbursatsiya dasturi asosida beriladigan dori vositalari uchun bemordan toʼlov olinganligi hamda reimbursatsiya dasturi talablariga rioya etilmaslik holati aniqlanganda Jamgʼarma: birinchi marotaba — ogohlantirish berish; ikkinchi marotaba — bir tomonlama tartibda shartnomani bekor qilgan holda dorixonani reimbursatsiya dasturidan chiqarish huquqiga ega.

  • 20 May, 08:55
  • Batafsil
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech