Yangiliklar

not found

JSST: Marburg virusi dunyoda yangi pandemiyaga sabab bo‘lishi mumkin

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti yaqin orada sayyoramizda yangi pandemiya paydo bo‘lishi xavfidan ogohlantirdi. Bunga dunyo bo‘ylab Marburg virusi keng tarqalishi sabab bo‘lishi mumkin. Ekspertlar xulosasiga ko‘ra, og‘ir gemorragik isitmani keltirib chiqaruvchi ushbu infeksiyadan o‘lim darajasi o‘ta yuqori — 90 foizga teng. Hozir Afrika qit’asining Ruanda davlatida mazkur patologiya bilan bog‘liq ko‘plab holatlar qayd etilgan. Olimlar xavfli virus endi Yer yuzi bo‘ylab keng tarqalishidan xavotirda. Ma’lum bilishicha, Marburg isitmasi odamlarga ko‘rshapalaklardan yuqishi mumkin. Qolaversa, infeksiyaga chalingan bemorlardan ajraladigan biologik suyuqliklar (qon, so‘lak, peshob) bilan bevosita aloqa qilish, shuningdek, turli jismlar yuzalari orqali ham faol tarqaladi. Mutaxassislarning ta’kidlashicha, Marburg virusi Ebola singari o‘ta yuqumli bo‘lib, hozircha tasdiqlangan davo muolajalari mavjud emas. Qolaversa, bu xastalikka qarshi vaksinalar ham yaratilmagan. Kasallik belgilari boshqa tropik isitma patologiyalari bilan o‘xshash. JSST ma’lumotlariga ko‘ra, alomatlar to‘satdan boshlanadi va bemor yuqori tana harorati, kuchli bosh og‘rig‘i hamda bezovtalikdan aziyat chekadi. Mushaklarda og‘riqlar kuchayib, tez-tez talvasa yuz beradi. Qolaversa, diareya, ko‘ngil aynishi va qayt qilish holatlari ham kuzatilishi mumkin. Kasallikning beshinchi kunida ko‘krak, orqa va qorin bo‘shlig‘ida toshmalar paydo bo‘lishi mumkin. Og‘ir vaziyatlarda esa sakkizinchi-to‘qqizinchi kunga borib o‘lim holati sodir bo‘lishi ehtimoli bor. Eslatib o‘tamiz, avvalgi yillarda Marburg virusi Gana va Ekvatorial Gvineya mamlakatlarida ham ro‘yxatga olingan edi.

  • 3 Oktyabr, 17:55
  • Batafsil
not found

Kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalari savdosi fosh etildi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Buvayda tumani bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda qonunga xilof ravishda dori vositalari savdosi bilan shug‘ullanib kelgan fuqaro M.X. inson ruhiyatiga kuchli ta’sir qiluvchi 6 dona “Tropikamid” va 14 dona “Pregabalin” nomli dori vositalarini fuqaro A.A.ga 2 mln so‘mga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan. Shu kabi, Departamentning Urganch shahar bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro J.M. fuqaro M.X.ga 468 ta kapsula kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalarini 1,5 mln so‘mga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan. Departamentning Oltinsoy tuman bo‘limi va IIB xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda “X.-N.” xususiy korxonasiga qarashli dorixona sotuvchisi X.M. xaridorga kirim hujjatlari bo‘lmagan 250 dona “BENZONAL” nomli kuchli ta’sir qiluvchi dori vositasini 750 ming so‘mga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan. Shu kabi, Departamentning Shayxontohur tumani bo‘limi, DXX va IIV xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda "G.P." MCHJga qarashli dorixona sotuvchisi M.S. xaridorga shifokor retseptisiz tarkibida kuchli ta’sir qiluvchi moddasi bo‘lgan 3 quti “BENZONAL” nomli dori vositasini sotgan vaqtida ushlanib, ushbu dorixonadan 170 dona dori vositasi ashyoviy dalil sifatida olingan. Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

  • 3 Oktyabr, 15:30
  • Batafsil
not found

Qaysi vitaminlar foydasiz- shifokorlar fikri

Koʻpchilik vitaminlarning foydalari haqida bolalikdan eshitgan. Siz vitaminlarni qabul qilishingiz kerak — bu ibora odamlarning ongida "vitaminlar" deb yozilgan har qanday qutilar taʼrifi boʻyicha foydali degan fikrni shakllantirdi. Biroq, bu toʻgʻri emas. Shifokorlar qaysi ozuqaviy qoʻshimchalar foydasiz ekanligi haqida gapirdi. Multivitamin komplekslar (Polivitaminlar) Koʻpincha qoʻshimchalarga boʻlgan ehtiyoj avvaldan notoʻgʻri baholanadi. Ortiqcha vitaminlar esa ularning yetishmasligidan ham koʻproq zararli boʻlishi mumkin. Amerikalik tadqiqotchilar multivitamin komplekslar tanaga deyarli hech qanday foyda keltirmasligini aytmoqda. Doktor Devid Jenkins tadqiqot natijalariga koʻra, polivitaminlar oʻrniga muvozanatli ovqatlanish tartibini tatbiq etish koʻproq samara beradi. Buning uchun kundalik taomnomaga turli sabzavot, meva va yongʻoqlarni kiritish kifoya. “Toksinlarni chiqarib tashlash” uchun BFQ Soʻnggi yillarda “detoks” yoki “tanani toksinlardan tozalash” kabi iboralar trendga chiqdi. Biologik faol qoʻshimchalar bozori esa organizmni tozalashga yordam beradigan turli xildagi tabletkalarni taklif qila boshladi. Biroq toksikolog Rayan Marino fikriga koʻra, bularning bari biznes va pullarni behuda sarflashdir. Chunki sogʻlom  inson tanasi ortiqcha narsalarni oʻz-oʻzidan tozalashga qodir. Tabletka shaklidagi D vitamini              D vitaminining meʼyoridan ortiq dozasi dahshatli oqibatlarga olib kelishi mumkin. Shuning uchun uni shifokor tavsiyasisiz oʻzboshimchalik bilan qabul qilmaslik lozim.Tibbiyot fanlari doktori Muhammad Amerning soʻzlariga koʻra, D vitaminini tabletkalarda qabul qilish hech qanday foyda keltirmaydi, aksincha ortiqcha dozasi ogʻir zaharlanishga olib kelishi mumkin. Omega-3 Omega-3 qoʻshimchasi soʻnggi vaqtlarda juda koʻp reklama qilingan preparatlardan biridir. Ammo bunday kapsulalardagi yogʻning tabiiy aminokislotalar oʻrnini bosishi haqida hech qanday ilmiy isbot va dalillar mavjud emas. Garvard maktabining tibbiyot fanlari professori Piter Koenning aytishicha, omega-3 oʻrniga yogʻli baliq isteʼmol qilish foydaliroqdir. Vitamin C tabletkalari S vitaminini biologik faol qoʻshimcha koʻrinishida sotib olishdan koʻra, oziq-ovqat orqali qabul qilish yaxshiroqdir, zero bunday kapsulalardan foyda yoʻq. Diyetolog Betan Tayerning aytishicha, sitrus mevalari, karam, bulgʻor qalampiri, pomidor va koʻkatlarni isteʼmol qilish orqali C vitaminiga boʻlgan ehtiyojni toʻldirish mumkin.

  • 3 Oktyabr, 12:00
  • Batafsil
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech