Yangiliklar

not found

Jahon sogʼliqni saqlash tashkiloti soxtalashtirilgan yoki sifatsiz tibbiy mahsulot haqidagi №1/2024 sonli ogohlantirishni eʼlon qildi

Unda JSSTning Sharqiy Oʼrta yer dengizi mintaqasida muomalada boʼlgan preparatlar tarkibida soxtalashtirilgan “USP/EP propylene glycol” moddasi borligi maʼlum qilindi. Haqiqiy propylene glycol farmatsevtika mahsulotlarini ishlab chiqarishda yordamchi xom ashyo sifatida foydalanish uchun moʼljallangan va Amerika Qoʼshma Shtatlari Farmakopeyasi va Yevropa Farmakopeyasi (USP/EP) dori formulalarida foydalanish uchun materiallarga qoʼllaniladigan standartlarga javob beradi. Xabarda aytilishicha, Pokistonning Dori vositalarini tartibga solish organi (DRAP) tomonidan ogʼiz orqali yuboriladigan suyuq dori vositalarining potentsial ifloslanish holati oʼrganilganda, ularning tarkibida ("Dow" kompaniyasiga tegishli) qalbakilashtirilgan propilenglikol moddasi boʼlgan shubhali oʼramlar aniqlangan hamda namunalar Pokiston markaziy laboratoriyasi tomonidan tekshirilgan.T ahlil namunalarda qabul qilib boʼlmaydigan darajada etilenglikol ifloslanishi yuqori konsentratsiyada (0,76% dan 100% gacha) mavjudligini aniqlashga imkon berdi. DRAP 2024 yil yanvar va mart oylari orasida beshta ifloslangan partiyani aniqlash boʼyicha uchta ogohlantirish berdi. Oʼz navbatida "DOW" kompaniyasi JSST ogohlantirgan xomashyo soxta ekanligini va bu moddalar kompaniya tomonidan ishlab chiqarilmaganligini tasdiqladi. Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi, hozirgi kunda toza holda va dori vositalari tarkibida yordamchi modda sifatida qoʼllaniladigan propilenglikol, glitserin, sorbitol, polietilenglikol, makragol va boshqa glikollar tarkibida yot modda sifatida uchraydigan EG va DEGlarni aniqlash boʼyicha OFS 42 Uz-0015-5346-2023-son “Определение подлинности и количества этиленгликоля и диэтиленгликоля в лекарственных препаратах” umumiy farmakopeya maqolasi tasdiqlanib amaliyotga joriy etilganligini maʼlum qilgan. Shuningdek, 2023 yil fevral oyidan boshlab, yurtimizda ishlab chiqarilayotgan va mamlakatimizga kirib kelayotgan sirop shakldagi dori vositalari tarkibi dietilenglikol (DEG) va etilenglikol (EG) moddalari boʼyicha chuqur tekshirilib, Sogʼliqni saqlash vazirligi tomonidan bu borada qatʼiy nazorat oʼrnatilgan.

  • 19 Aprel, 08:50
  • Batafsil
not found

JSST : virusli gepatit har kuni 3500 kishining hayotiga zomin boʼladi

Jahon sogʼliqni saqlash tashkilotining 2024 yilgi global gepatit hisobotiga koʼra ushbu kasallik qurbonlari soni doimiy ravishda oʼsib bormoqda. Gepatit dunyoda eng koʼp odamlar vafot etadigan yuqumli kasalliklar orasida ikkinchi oʼrinda turadi: u yiliga 1,3 million oʼlimga sabab boʼladi - bu yuqumli kasalliklar orasida oʼlimning asosiy sababi boʼlgan sil kasalligi bilan bir xil. Butun jahon gepatit sammitida taqdim etilgan ushbu hisobotda diagnostika va davolashning yaxshilanishiga va arzon tibbiy mahsulotlarga qaramay, test va davolashni qamrab olish koʼrsatkichlari oʼsmagan. Аmmo, agar hozir chora koʼrilsa, JSSTning 2023 yilgacha gepatitni bartaraf etish maqsadiga erishish mumkin boʼladi. 187 mamlakatdan olingan yangi maʼlumotlar shuni koʼrsatadiki, virusli gepatitdan vafot etganlarning taxminiy soni 2019 yildagi 1,1 milliondan 2022 yilda 1,3 millionga koʼpaygan, 83 foiz gepatit B va 17 foiz gepatit C sabab boʼlgan. Har kuni dunyo boʼylab 3500 kishi gepatit B va C infektsiyasidan vafot etadi. Jahon sogʼliqni saqlash tashkilotining yangilangan hisob-kitoblariga koʼra, 2022 yilda gepatit B bilan kasallanganlar soni 254 million va C gepatiti bilan kasallanganlar soni 50 million kishini tashkil qiladi. Surunkali gepatit B va C infektsiyalari bilan kasallanganlarning yarmi 30-54 yoshdagi insonlar, 12% esa 18 yoshgacha boʼlgan bolalar hisoblanadi. Barcha holatlarda kasallanishning 58% ni erkaklar tashkil qiladi. Yangi hisob-kitoblar 2019 yilga nisbatan gepatit biroz pasayganligini koʼrsatmoqda, ammo virusli gepatitning umumiy tarqalishi yuqoriligicha qolmoqda. Har kuni 6000 dan ortiq odam virusli gepatit bilan kasallanadi. Qayta koʼrib chiqilgan hisob-kitoblar milliy tadqiqotlarning kengaytirilgan maʼlumotlariga asoslanadi. Hisobotda shuningdek, 2030 yilgacha kasallik epidemiyasini tugatish yoʼlidagi harakatni tezlashtirish uchun bir qator chora-tadbirlar belgilab berilgan: - test va diagnostika vositalaridan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish;- teng munosabatni taʼminlash uchun strategiyalardan amalga oshirishga oʼtish;- birlamchi tibbiy yordam doirasida profilaktika choralarini kuchaytirish;- xizmatlar koʼrsatishni soddalashtirish, tartibga solish va mahsulot yetkazib berishni optimallashtirish;- gepatit bilan kasallangan insonlar va fuqarolik jamiyatini jalb qilish orqali gepatit B diagnostikasi va potentsial davolash usullarini takomillashtirish boʼyicha tadqiqot ishlarini rivojlantirish.

  • 18 Aprel, 14:43
  • Batafsil
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech