Yangiliklar

not found

PFAS kimyoviy moddalari haqida bilasizmi? Ular sogʻliq uchun juda zararli

Euronews Health "doimiy kimyoviy moddalar" deb ataladigan PFASni oʻz ichiga olgan mahsulotlarning beshta umumiy toifalari roʻyxatini tuzdi. Per- va poliftoralkil moddalar (PFAS), "doimiy kimyoviy moddalar" nomi bilan tanilgan, ular elektronikadan tortib aerokosmikgacha boʻlgan turli sohalarda qoʻllaniladi. Biroq, ular kundalik isteʼmol tovarlariga ham kirib, jamoatchilikni tashvishga solmoqda.  Bu moddalar foydali, chunki ular suvga chidamli, yogʻ oʻtkazmaydi va dogʻ olmaydigan xususiyatlarga ega. Foydali, lekin ayni paytda zaharli. Ushbu kimyoviy moddalar suvda, tuproqda va havoda boʻlishi mumkin, bu esa inson salomatligiga salbiy taʼsirini oshiradi. Yaqinda oʻtkazilgan tadqiqotlar shuni koʻrsatdiki, ular deyarli hamma joyda yomgʻir suvlarida borligi aniqlandi. Ular, shuningdek, suv manbalarida va tobora koʻproq meva va sabzavotlarda uchramoqda. "Sizning tanangiz ularni parchalamaydi va baʼzi PFAS moddalari tanada yillar davomida, ehtimol uch yildan besh yilgacha qolishi mumkin", deydi dedi Ikan tibbiyot maktabi dotsenti doktor Shelle Lyu Euronewsga.  Koʻpgina tadqiqotlar bu moddalarni saraton, gormonal nomutanosiblik, reproduktiv funksiyalar bilan bogʻliq muammolar va boshqa muammolar xavfi ortishi bilan bogʻlaydi. Lyu qoʻshimcha qildiki, PFAS taʼsiri immunitet tizimining zaiflashishi, vaksinalarga javobning pasayishi va xolesterin darajasining oshishi bilan bogʻliq . "Siz PFASga duchor boʻlishingiz har doim ham kasal boʻlishingizni anglatmaydi, lekin siz shunday boʻlishingiz xavf ortadi." dedi u. Kimyoviy moddalar taʼsiridan butunlay qochish deyarli mumkin emas, ammo tahdidlarni kamaytirish juda mumkin. Buning uchun siz PFASni oʻz ichiga olgan baʼzi kundalik mahsulotlardan uzoq turishingiz kerak. Ovqatni yopishtirmaydigan qoplama bilan qoplangan idishlar Bunday idishlar, qozonlar PFAS oilasining moddalari bilan qoplangan, bu esa ovqatning yopishib qolishini oldini olishga yordam beradi. Qoplamalar qizdirilganda, tirnalgan yoki eskirganida, ular pishirilayotgan ovqatga kimyoviy moddalarni chiqarishi mumkin. Taʼsirni kamaytirish uchun odamlar zanglamaydigan poʻlat kabi muqobillarni tanlashlari yoki eski yopishmaydigan idishlarni muntazam ravishda almashtirishlari kerak, dedi Lyu. Mahsulotlar uchun qadoq PFAS baʼzan bir martalik oziq-ovqat qadoqlash materiallarida, masalan mikrotoʻlqinli popkorn paketlarida, yogʻni oʻziga singdirmaslik xususiyati tufayli tez tayyorlanadigan ovqatlar oʻramlari va pissa qutilarida ishlatiladi. Tadqiqotlar shuni koʻrsatdiki, muntazam ravishda tashqarida ovqatlanadigan odamlarning qonida PFAS darajasi yuqori. Bir qator mamlakatlar va kompaniyalar zaharli moddalarni cheklash choralarini koʻrmoqda. Yil boshida Qoʻshma Shtatlarda PFASni oʻz ichiga olgan qadoqlarni ishlatish taqiqlangan edi. Baʼzi tez ovqatlanish tarmoqlari ham butun dunyo boʻylab qadoqlashda PFASdan foydalanishni bosqichma-bosqich toʻxtatish rejalarini eʼlon qilishdi. Mutaxassislarning taʼkidlashicha, faqat uyda pishirilgan taomlarni tanlash va PFASsiz deb belgilangan idishlardan foydalanish kimyoviy moddalar taʼsirini kamaytirishni kafolatlashi mumkin. Kosmetik vositalar PFAS odatda koʻplab kosmetik mahsulotlarga qoʻshiladi. Ular koʻpincha quyoshdan saqlaydigan kremlar va suv oʻtkazmaydigan maskalar kabi uzoq muddatli effektlarni vaʼda qiladigan mahsulotlarda topiladi. Xavf aniq, chunki moddalar teri orqali qonga singishi mumkin. Taʼsirni kamaytirish uchun " PFAS ni oʻz ichiga olmaydi" deb belgilangan mahsulotlarni xarid qilish lozim. Shaxsiy gigiyena mahsulotlari PFAS shuningdek, shaxsiy gigiyena vositalarining keng assortimentiga, shu jumladan kontratseptiv vositalarga qoʻshiladi. Baʼzi ayollar gigena vositalariga PFAS yaxshi singdiruvchanlikni taʼminlaydi. Mamavation sayti tomonidan Environmental Health News bilan hamkorlikda 2022-yilda oʻtkazilgan tadqiqotda, sinovdan oʻtgan gigiyena prokladkalarining 48 foizida, shuningdek, tamponlarning 22 foizida, shu jumladan "organik" deb belgilangan ikkita mahsulotda kimyoviy moddalar aniqlangan. Taʼsirni minimallashtirish uchun isteʼmolchilar PFAS ishlatmasliklarini kafolatlaydigan brendlardan gigiyena mahsulotlarini olishlari kerak. Suv oʻtkazmaydigan va dogʻga chidamli matolar Toxic-Free Future atrof-muhit salomatligini tadqiq qilish va himoya qilish tashkilotining hisoboti shuni koʻrsatdiki, sinovdan oʻtgan va suvga yoki dogʻga chidamli deb belgilangan mahsulotlarning 72 foizida PFAS mavjud. Ular orasida gilamlar, kiyim-kechak va matolar bor. Misol uchun, yomgʻir oʻtkazmaydigan plaщlar va vetrovkalarda bu zaharli kimyoviy moddalarni topish mumkin. Salbiy taʼsirlardan qochish uchun isteʼmolchilar brendning ekologik toza boʻlmagan ingrediyentlar bilan munosabatlariga eʼtibor berishlari kerak. Doktor Lyuning taʼkidlashicha, PFAS xavfi toʻgʻrisida xabardorlikning ortishi sanoatni "doimiy kimyoviy moddalar" dan foydalanmasdan suv va dogʻlarga chidamli xususiyatlarni taʼminlaydigan muqobillarni topishga undashi mumkin.

  • 12 Iyul, 12:00
  • Batafsil
not found

Olimlar multivitaminli komplekslarni qabul qilish foydasiz ekanligini aytmoqda

AQSH Milliy saraton instituti olimlari 20 yildan ortiq vaqt davomida har kuni multivitaminli komplekslarni isteʼmol qilgan 400 mingga yaqin amerikaliklarning soʻrovnomalarini oʻrganib chiqib, bu ularning umr koʻrish davomiyligiga ijobiy taʼsir koʻrsatmagan degan xulosaga kelishdi. Aksincha, bu guruhda oʻlim xavfi vitaminlarni qabul qilmaganlarga qaraganda 4% yuqori boʻlgan. Mutaxassislar hozirda bunday komplekslarni qabul qilishning foydasi haqida ilmiy dalillar yoʻqligini tasdiqladi. AQSH Milliy Saraton Instituti tadqiqotchilari nufuzli JAMA Network ilmiy jurnalida muntazam ravishda multivitaminlar (bir kapsulada bir nechta vitaminlarni oʻz ichiga olgan preparatlar, baʼzan mikroelementlar bilan birga) qabul qilgan fuqarolarni kuzatuv natijalarini eʼlon qildi. Tadqiqotda oʻrtacha yoshi 61,5 yosh boʻlgan 390 124 kishi ishtirok etdi. 20 yildan ortiq davom etgan eksperiment boshlanishida ishtirokchilarning hech birida saraton yoki boshqa surunkali kasalliklar boʻlmagan. Bu vaqt ichida olimlar 164 762 oʻlimni qayd etishdi. Deyarli 50 ming kishi saraton kasalligidan, 35 ming kishi yurak va qon tomir patologiyalaridan, 9 ming bemor esa miya qon tomir kasalliklaridan vafot etgan. Tadqiqotchilik komplekslarni kundalik isteʼmol umr koʻrish yoshiga ijobiy taʼsir koʻrsatmaydi, degan xulosaga kelishdi. Aksincha,  multivitaminli qoʻshimchalarni qabul qilgan ishtirokchilar orasida oʻlim xavfi 4 foizga yuqori boʻlgan. Shu bilan birga, tahlillar shuni koʻrsatdiki, multivitaminlarni isteʼmol qiluvchilarda saraton, yurak-qon tomir va serebrovaskulyar kasalliklardan umumiy oʻlim va oʻlim ehtimoli qoʻshimchalarni qabul qilmagan ishtirokchilar bilan taqqoslanganda yuqori boʻlgan. Har uch amerikalik kattalardan biri, ilmiy tadqiqotlarga koʻra, kasallikning oldini olish uchun multivitaminlarni qabul qiladi. Shu bilan birga, oʻtkazilgan soʻrovlarga koʻra,  2021-yilda  koronavirus pandemiyasi davrida vitaminlarni isteʼmol qilish koʻpaygan. - Saratonning oldini olish va davolashda vitamin qoʻshimchalarining samaradorligi yetarlicha oʻrganilmagan, -deydi Rossiya Fanlar akademiyasining akademigi Oksana Drapkina, -baʼzilari zararsiz boʻlishi mumkin, ammo koʻplab vitamin qoʻshimchalari kimyoterapiya preparatlariining taʼsirini susaytiradi yoki yon taʼsirini oshiradi. Xususan, antioksidant qoʻshimchalarni qabul qilish saratonning qaytalani bilan bogʻliqligi qayd etilgan, dedi u. "Kimyoterapiyaning nojoʻya taʼsirini kamaytirish uchun vitaminlar kerak boʻlgan baʼzi holatlar mavjud. Biroq, koʻp hollarda, qoʻshimchalar kerak emas yoki davolanish vaqtida toʻxtatilishi kerak, - deb taʼkidlaydi Sogʻliqni saqlash vazirligi eksperti. 

  • 12 Iyul, 09:00
  • Batafsil
not found

JSST tibbiy asbob-uskunalar boʻyicha yagona axborot platformasini ishga tushirdi

Bugun dunyoda profilaktika, diagnostika, davolash va reabilitatsiya maqsadlarida qoʻllaniladigan 10 000 dan ortiq turdagi tibbiy buyumlar mavjud. Oʻz navbatida, ularni ishlab chiqaruvchi kompaniyalar ham koʻp.  Ana shunday sharoitda qaysi tibbiy texnologiyaning samaradorligi yuqori, qay biri nisbatan arzon va foydalanish uchun qulay, degan savollar xaridoru buyurtmachilarni jiddiy oʻyga toldirishi tabiiy. Toʻgʻri tanlov qilish uchun esa ishonchli va boy tahliliy maʼlumotlar bazasi hamda vaqt sinovidan oʻtgan oqilona tavsiyalar zarur. Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti ana shu boʻshliqni toʻldirish maqsadida ilk bor tibbiy asbob-uskunalar boʻyicha yagona axborot tizimi — MeDevIS onlayn platformasini ishga tushirdi. U hukumatlar, davolash-profilaktika muassasalari, donor tashkilotlar hamda individual foydalanuvchilar uchun moʻljallangan.  Mazkur tarmoqda reproduktiv salomatlik, onalar va bolalar sogʻligini muhofaza qilish, yuqumli va yuqumli boʻlmagan hamda boshqa turdagi kasalliklar diagnostikasi va muolajasida qoʻllaniladigan 2300 dan ortiq turdagi mahsulotlar haqidagi maʼlumotlar jamlangan. Ular orasida oddiy shpris, tibbiy niqob, elektron termometr va pulsoksimetrdan tortib protezlar, yurak stentlari, murakkab laboratoriya tizimlari, elektrokardiograflar, endoskoplar, gemodializ apparatlari, defibrillyatorlar va innovatsion radioterapiya uskunalarigacha bor. Foydalanuvchilar MeDevIS platformasi orqali oʻzlariga kerakli mahsulot, buyum, texonologiya imkoniyatlari, samaradorligi, zarur infratuzilma, sogʻliqni saqlash tizimi darajasi (masalan, mahalliy klinika yoki ixtisoslashtirilgan shifoxona) kabi koʻp qirrali axborotlarga ega boʻladi. JSST hozircha faqat ingliz tilida foliyat olib borayotgan yangi platformani kelgusida bosqichma-bosqich takomillashtirib borishni maqsad qilgan.

  • 11 Iyul, 15:00
  • Batafsil
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech