10:00 (16.09.2024)

355

Qirgʻizistondan olib kelingan kuchli taʼsir qiluvchi dori vositalari toʻxtatib qolindi

Davlat xavfsizlik xizmati Fargʻona viloyati boʻyicha boshqarmasi xodimlari tomonidan bojxona organlari bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tezkor tadbirda, Fargʻona tumanida istiqomat qiluvchi, 1981-y.t., muqaddam giyohvandlik vositalari savdosi bilan bogʻliq jinoyati uchun sudlangan shaxs va 1995-y.t., muqaddam oʻgʻrilik jinoyati uchun sudlangan fuqaro oʻzaro til biriktirib, Qirgʻiz Respublikasidan aylanma yoʻllar orqali olib kelingan 56000 dona “Regapen” kuchli taʼsir qiluvchi dori vositalarini yashash xonadonlariga yashirib qoʻyganliklari fosh etildi.
Mazkur xonadonni koʻzdan kechirish jarayonida, qoʻshimcha 6780 dona “Zardeks” kuchli taʼsir qiluvchi dori vositalari borligi ham maʼlum boʻldi.

DXX Sirdaryo viloyati boʻyicha boshqarmasi xodimlari ham bojxona organlari bilan hamkorlikda Toshkent shahrining Yakkasaroy tumanida tezkor tadbir oʻtkazishdi.
Natijada, Samarqand viloyatining Bulungʻur tumanida doimiy yashovchi, 1985-y.t., muqaddam sudlangan fuqaroning “Neksiya” rusumli avtotransport vositasi va uning Yakkasaroy tumanidagi ijaraga olgan xonadoni koʻzdan kechirilganda, jami 43666 dona “Regapen” kuchli taʼsir qiluvchi dori vositalari borligi aniqlanib, protsessual tartibda rasmiylashtirib olindi.
Taʼkidlash lozimki, ushbu dori vositalari ham Qirgʻiz Respublikasidan kontrabanda yoʻli bilan olib kelingan.

Hozirda mazkur shaxslarga nisbatan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech