11:54 (10.01.2024)

755

Qaysi kasalliklar erkaklarga qaraganda ayollarda koʻproq uchraydi

Oqibatlari turli, hatto oʻlimga ham olib kelishi mumkin boʻlgan ayrim xavfli kasalliklar nozik jins vakillarida erkaklardan koʻra koʻproq kuzatiladi.

Alsgeymer kasalligi

Alsgeymer kasalligiga chalingan bemorlarning uchdan ikki qismini ayollar tashkil qiladi. Uzoq vaqt buning sababi erkak va ayollarning umr koʻrishi, yaʼni erkaklar ushbu kasallikka qadar yetib bormasligi bilan bogʻliq, deb hisoblangan. Ammo yaqinda oʻtkazilgan tadqiqot natijalariga koʻra, kasallikka chalinish xavfi gen va klimaks davridagi ayollarga xos gormonal oʻzgarishlar bilan bogʻliq ekanligi maʼlum boʻlgan.

Depressiya

Ayollar erkaklardan ikki barobar koʻproq depressiyadan aziyat chekadi. Bu esa klimaks davri va menstrual sikl vaqtidagi gormonal oʻzgarishlar bilan bogʻliq. Qolaversa, tugʻuruq jarayonidan keyin ayolda biologik va ijtimoiy muammolar yuzaga kelishi ham depressiyaga sabab boʻlishi mumkin.

Yurak kasalliklari

Yurak kasalliklari ikkala jins vakillari uchun ham xavfli boʻlishi mumkin, lekin koʻp hollarda aynan ayollar ushbu kasallikdan vafot etadi. Bunga birinchi navbatda shifokorlarning tashxis qoʻyishda erkaklarga xos simptomlarga eʼtibor qaratib, ayollarga xos spetsifik alomatlarni koʻzdan qochirishi sabab boʻladi. Qolaversa, kardiologlarning taʼkidlashiga qaraganda, infarktga chalingan ayollarda erkaklarga nisbatan hamroh kasalliklar — qandli diabet, aritmiya va gipertoniya kuzatiladi. Shu sabab ham ayollarga ushbu kasallikka xos spetsifik simptomlar hamda profilaktikasi haqida maʼlumotga ega boʻlish tavsiya qilinadi.

Urologik muammolar

Siydik yoʻllaridagi infeksiya va siydik pufagidagi muammo hamda shunga oʻxshash muammolar ham ayollarda kuchli jins vakillaridan koʻproq kuzatiladi. Bunga erkak va ayollar tanasining tuzilish jihatidan farq qilishi va homiladorlik hamda tugʻuruq vaqtidagi zoʻriqishlar sabab boʻladi.

Volchanka

Ushbu autoimmun kasalligini butkul ayollar kasalligi deb hisoblash mumkin. Chunki mazkur kasallikka chalingan bemorlarning atigi 10 foizini erkaklar tashkil qiladi. Simptomlar turlicha boʻlgani uchun ham unga tashxis qoʻyish qiyinchilik tugʻdirishi mumkin. Koʻproq uchraydigani esa estrogen gormonining koʻpayishi hisoblanadi va aynan ushbu gormonal oʻzgarishni shifokorlar kasallik triggeri, deb hisoblaydi.

Insult

Insultning ayollarda koʻp kuzatilishiga ham turli ayollarga xos gormonal oʻzgarishlar, homiladorlik va tugʻuruq sabab boʻladi. Ayollarda koʻp kuzatiladigan migren va depressiya ham insultni keltirib chiqaradigan omillardan biri hisoblanadi. Shu sabab ham qon bosimini nazorat qilib turish, gipertoniya boʻlmasligiga ahamiyat berish va insultga xos ilk alomatlar haqida maʼlumotga ega boʻlish kerak. Unutmang, yurak xurujidan keyin asoratlar va oʻlim xavfining oldini olish uchun shifokorda atigi 3,5-4 soat vaqt boʻladi.

Qalqonsimon bez kasalliklari

Mazkur muammo kuzatilish ehtimoli ham ayollarda erkaklardan koʻra 5-8-marta koʻp boʻladi. JSST maʼlumotlariga koʻra, har sakkizinchi ayol qalqonsimon bez bilan bogʻliq kasallikka duch kelishi mumkin. Ulardan eng koʻp tarqalgani gipotireoz — qalqonsimon bezning moddalar almashinuvi meʼyorda boʻlishi uchun yetarli miqdorda gormon ishlab chiqarmasligi va Xashimoto kasalligi hisoblanadi. Ushbu kasalliklarni qon tahlili va ultratovush (UZI) tekshiruvi orqali aniqlasa boʻladi. Asosiysi esa shifokorga borishni ortga surmaslik.

Parishonxotirlik

Ushbu kasallik ham erkaklardan koʻra koʻproq ayollarga xos. Bunda bosh hamda orqa miya asab tolalari zararlanadi, onemeniya va kuchsizlanishni keltirib chiqaradi. Tadqiqotchilar esa bunga sabab qilib, erkaklarnikidan koʻra ayollarda koʻproq boʻladigan teri ostidagi yogʻ hamda gormonal tafovutlarni koʻrsatadi. 

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech